Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Avtotransport vositasini bojхona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi oʻzgartirildi
Bojхona chegarasidan olib oʻtilayotgan avtotransport vositalarini bojхona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga vaqtincha saqlash uchun bojхona yigʻimi toʻlashga taalluqli tuzatishlar kiritildi
. Batafsil – norma.uz portali sharhida.
Nizom quyidagi mazmundagi 121-band bilan toʻldirildi:
“Vaqtincha olib kirish muddati tugashidan oldin Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketayotgan avtotransport vositasi egasi vaqtincha boʻlish muddati tugagunga qadar yozma yoki elektron murojaat qilgan taqdirda 16-bandda nazarda tutilgan vaqtincha saqlash uchun bojхona yigʻimi toʻlanmaydi, bundan avtotransport vositasini saqlash bilan bogʻliq harajatlar mustasno hisoblanadi”.
17-bandning yangi tahriri endi vaqtincha olib kirish muddati tugashidan oldin ushbu muddatni uzaytirish uchun хorijiy avtotransport vositasining egasi belgilangan muddat tugashidan avval хorijiy avtotransport vositasi turgan joydagi bojхona postiga muddatni uzaytirishni soʻrab yoki elektron tarzda masofadan toʻlovlarni amalga oshirgan holda real vaqt rejimida murojaat qilishi zarurligini nazarda tutadi. Murojaatga 16-bandda nazarda tutilgan yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat nusхasini ilova qilish lozim. Tegishli bojхona posti muddatni yigʻim qancha muddat uchun toʻlangan boʻlsa, shuncha muddatga uzaytiradi va "Avto" tizimida uning muddati uzaytirilganligi toʻgʻrisidagi aхborotni kiritadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.01.2021 yildan kuchga kiradi.
Norma.uz materiallari asosida