9 oyni xatolarsiz yopamiz:
SKning 304-moddasida soliq solishda hisobga olinmaydigan daromadlar keltirilgan. Ularni Aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobida qanday aks ettirishni «Norma» kompaniyasi eksperti Dilorom SAIDOVA tushuntirib berdi:
– Xususan, bunday daromadlarga quyidagilar kiritiladi:
- ustav fondiga (ustav kapitaliga) qoʻshilgan hissa tarzida olingan mablagʻlar;
- realizatsiya qilinadigan tovarlar (xizmatlar) uchun oldindan toʻlov (boʻnak) tarzida boshqa shaxslardan olingan mablagʻlar;
- qonun hujjatlariga muvofiq ushbu majburiyatlarning ta’minoti sifatida garov yoki zakalat tarzida olingan mablagʻlar, ularga boʻlgan mulk huquqi boshqa shaxsga oʻtgan paytga qadar;
- sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta tovoni (sugʻurta summasi) tarzida olingan mablagʻlar;
- kredit yoki qarz shartnomalari boʻyicha mablagʻlar yoki boshqa mol-mulk, shuningdek bunday jalb qilingan mablagʻlarni toʻlash hisobidan mablagʻlar yoki boshqa mol-mulk va h.k.
Aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha hisobot shakllarida Hisob-kitobga 6-«Soliq solish ob’yekti sifatida qaralmaydigan daromadlar» ilovasi nazarda tutilgan. Unda daromadlar SKning 304-moddasiga muvofiq aks ettiriladi. Ilovani qanday toʻldirishni amaliyotda koʻp uchraydigan misollarda koʻrib chiqamiz.
1. Muassis ustav fondiga qoʻshimcha hissa kiritdi
Bunday tushumlar 6-ilovaning 020-«Ustav fondiga (ustav kapitaliga) qoʻshilgan hissa tarzida olingan mablagʻlar» satrida koʻrsatilishi lozim.
1-vaziyat. Jamiyatning yagona muassisi UFni qoʻshimcha hissa hisobiga oshirishga qaror qildi va hisobraqamga 50 mln soʻm kiritdi.
|
Ustav fondiga (ustav kapitaliga) qoʻshilgan hissa tarzida olingan mablagʻlar |
020 |
50 000 000,00 |
Korxona hisobot davrida yuklab joʻnatilgan tovarlar uchun mablagʻlardan tashqari kelgusida yetkazib berishlar hisobiga boʻnak toʻlovlarini ham oldi.
Xaridorlardan olingan boʻnaklar 030-«Realizatsiya qilinadigan tovarlar (xizmatlar) uchun oldindan toʻlov (boʻnak) tarzida boshqa shaxslardan olingan mablagʻlar» satrida koʻrsatilishi lozim. Buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga koʻra ushbu satr hisobot davri oxirida olingan boʻnaklarni hisobga oluvchi schyotning (6300) kredit saldosini ifodalaydi:
|
Yakuniy saldo |
= |
Boshlangʻich saldo |
+ |
Kelib tushgan boʻnaklar summasi |
– |
Hisobga olingan yoki qaytarilgan boʻnaklar summasi |
2-vaziyat. Korxonada hisobot davri boshida xaridorlardan boʻnaklar boʻyicha qarzdorlik mavjud boʻlmagan. Hisobot davrida korxonaning hisobraqamiga tovar uchun boʻnak koʻrinishida 485 mln soʻm miqdorda pul mablagʻlari kelib tushgan. Hisobot davrida tovar yuklab joʻnatish 420 mln soʻmni tashkil qilgan. Hisobot davri boshida xaridorlardan oldindan toʻlov hisobga olinmagan
. Hisobot davri oxirida 6310-«Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan boʻnaklar» schyotida kredit saldosi 65 mln soʻmni (485 – 420) tashkil qilgan:
|
Realizatsiya qilinadigan tovarlar (xizmatlar) uchun oldindan toʻlov (boʻnak) tarzida boshqa shaxslardan olingan mablagʻlar |
030 |
65 000 000,00 |
3-vaziyat. Hisobot davri boshida korxonada xaridorlardan boʻnak hisobga olingan. Hisobot davri uchun korxona hisobraqamiga 485 mln soʻm miqdorida tovar uchun boʻnak koʻrinishidagi pul mablagʻlari kelib tushgan. Hisobot davri uchun tovar yuklab joʻnatish 500 mln soʻmni tashkil qilgan. Davr boshida 6310-«Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan boʻnaklar» schyotida 65 mln soʻm saldo hisobga olingan.
Hisobot davri oxiridagi saldo 50 mln soʻmga (65 + 485 – 500) teng.
|
Realizatsiya qilinadigan tovarlar (xizmatlar) uchun oldindan toʻlov (boʻnak) tarzida boshqa shaxslardan olingan mablagʻlar |
030 |
50 000 000,00 |
2. Lizing kompaniyasiga lizing toʻlovi yuborildi, unga lizing ob’yekti qiymatini qoplash va foizli daromad kiritilgan
Amaliyotda lizingga oluvchilar lizing ob’yekti qiymatini qoplash summasini va foizli daromadlarni bir toʻlov orqali oʻtkazadilar. Lizingga beruvchi uchun lizing ob’yekti qiymatini qoplash summasi daromad hisoblanmaydi . Shu bois lizing toʻlovi summasidan lizing ob’yekti qiymatini qoplash summasini ajratib olish va uni Aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobiga 6-ilovaning 080-satrida koʻrsatish lozim.
Vaziyat. Lizing kompaniyasi sanoat korxonasiga qiymati 600 mln soʻm boʻlgan uskunani lizingga berdi.
Lizing shartnomasi yillik 10% toʻlov bilan 5 yilga tuzilgan. Lizing toʻlovlari har oyda teng ulushlarda toʻlanadi.
Lizingga oluvchi lizingga beruvchiga har oyda 11 mln soʻm toʻlaydi, shundan:
- 10 mln soʻm – qoplash summasi;
- 1 mln soʻm – foizli daromad.
Lizing ob’yektini qoplash korxona daromadi hisoblanmaydi, shu bois uning choraklik summasi (10 mln soʻm x 3 oy) Aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobiga 6-ilovaning 080-satrida koʻrsatilishi lozim:
|
Moliyaviy ijara (lizing) ob’yektining qiymati oʻrnini ijaraga beruvchi (lizing beruvchi) tomonidan olingan ijara (lizing) toʻlovining qismi tarzida qoplash |
080 |
30 000 000,00 |
3. Korxona qarz oldi yoki avval bergan qarzi qaytarildi
Qarz shartnomasi boʻyicha kelib tushgan mablagʻlar summasi Aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobiga 6-ilovaning 100-satrida koʻrsatilishi lozim.
Vaziyat. Korxona ishlab chiqarish liniyasini kengaytirishga qaror qildi va buning uchun yillik 10% toʻlov bilan 200 mln soʻm miqdorida qarz mablagʻlarini jalb qildi. Qarz mablagʻlari daromad hisoblanmaganligi sababli ular Aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobiga 6-ilovaning 100-satrida koʻrsatilishi lozim.
|
Kredit yoki qarz shartnomalari boʻyicha mablagʻlar yoki boshqa mol-mulk (mablagʻ jalb qilishni rasmiylashtirish usulidan qat’i nazar, boshqa shunday mablagʻlar yoki boshqa mol-mulk, shu jumladan qarz qimmatli qogʻozlar), shuningdek bunday jalb qilingan mablagʻlarni toʻlash hisobidan mablagʻlar yoki boshqa mol-mulk |
100 |
200 000 000,00 |
.![]()