Davlat xaridlari elektron doʻkoni ishga tushirildi

preview

Davlat xaridlari ishtirokchilari ishlash uchun yangi dastakka ega boʻlishdi – Xt-xarid.uz ixtisoslashtirilgan elektron doʻkoni. Bu haqda Moliya vazirligi xabar berdi.

Xt-xarid.uz elektron doʻkoni – vositachilarsiz tovarlar va xizmatlarni sotish va sotib olish mumkin boʻlgan maydon. Tizim ball usuli (mutaxassislar soni, bozorda ish staji, yetkazib berish muddatlari va h.k.lardan kelib chiqqan holda) va eng kam narx usuli boʻyicha tanlov va tender savdolari oʻtkazilishini ta’minlaydi. Buyurtmachi mustaqil ravishda yetkazib beruvchini qaysi usul – ball yoki narx usuli boʻyicha aniqlashni belgilaydi.

Qanday qilib Xt-xarid.uz da yetkazib beruvchi yoki buyurtmachi boʻlish mumkin

Buning uchun tizimda ERI yordamida roʻyxatdan oʻting. Ishtirokchilardan har biri oʻzidan – administrator, savdolarni tashkil etish, rais va xarid komissiyasi a’zolari ishlari taqsimlangan holda cheklanmagan foydalanuvchilarni roʻyxatdan oʻtkazishi mumkin.

Tizim ishtirokchilarni elektron xaridlarning barcha bosqichlarida namunaviy hujjatlar, shuningdek statistika va analitikani shakllantirish dastaklari bilan ta’minlaydi.

E’tibor bering
Moliya vazirligi davlat xaridlari qoidalarini buzadigan insofsiz yetkazib beruvchilarni blokirovka qiladi.

Savdolarda ishtirok etish qiymati

 Maydondan foydalanganlik uchun vositachilik yigʻimi undiriladi: shartnomaning haqiqiy summasidan 0,15%, biroq bir shartnoma boʻyicha 10 000 soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda – buyurtmachilar uchun va  shartnomaning haqiqiy summasidan 0,15%, biroq bir shartnoma boʻyicha 4 000 000 soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda – yetkazib beruvchilar uchun.

Saida JONIZOQOVA tayyorladi

Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text165638_davlat_haridlari_elektron_dukoni_ishga_tushirildi