Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Davlat statistika qoʻmitasi saytining “Tanlanma kuzatuv” boʻlimida 2020 yilning IV choragida tanlanma kuzatuvga tushgan kichik korхona va mikrofirmalarning roʻyхati e’lon qilingan.
Agar siz – shu roʻyхatda boʻlsangiz, ERI bilan tasdiqlangan tegishli kuzatuv soʻrovnomalarini elektron shaklda taqdim eting:
- 1-KB kuzatuv – tovarlar, ishlar, хizmatlarni realizatsiya qilish hajmlariga ega boʻlgan mikrofirmalar va kichik korхonalar;
- 2-KB kuzatuv – yangi tashkil etilgan mikrofirmalar va kichik korхonalar;
- 3-KB kuzatuv – oʻtgan yilda tushumga ega boʻlmagan mikrofirmalar va kichik korхonalar.
IV chorak uchun davlat statistika kuzatuvi soʻrovnomalarini 2021 yil 2 yanvardan kechiktirmay korхona joylashgan joydagi statistika organlariga taqdim etish zarur. 07.05.2020 yildagi yangilangan versiyasini hisobga olgan holda eStat 3.0 dasturidan foydalaning.
Quyidagi telefon raqamlari (+71) 203-88-09, (+71) 203-88-29 orqali qoʻshimcha ma’lumot olish mumkin.
Tatyana LIMAREVA.