Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
2020 yil iyundan dekabrga qadar Prezidentning 03.04.2020 yildagi PF-5978-son va 18.05.2020 yildagi PF-5996-son Farmonlariga muvofiq ba’zi soliq toʻlovchilar mol-mulk soligʻi toʻlashdan ozod qilingan. Shu tufayli ularning buхgalterlarida soliq Hisob-kitobini topshirish bilan murakkabliklar yuzaga kelmoqda.
Ularga yordam tarzida soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA buxglter.uz iltimosiga binoan oʻz yordamini berdi:
– Ushbu imtiyozlarni koʻrsatgan holda hisobot topshirish uchun buхgalter:
1. Yuridik shaхslardan olinadigan mol-mulk soligʻi hisob-kitobining 0201-satrida bino va inshootlarning qiymatini, 0202-satrida esa - yer bilan uzviy bogʻliq boshqa mol-mulk qiymatini koʻrsatishi zarur.
Hisob-kitobning 010, 020, 180-satrlari avtomatik tarzda toʻldiriladi.
2. 0301 va 3-ilova pastidagi satrlarda - normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq soliq baza kamayishini yozishi lozim. 3-ustunda mol-mulkning oʻrtacha yillik qoldiq qiymati, 4-ustunda - mol-mulkning oʻrtacha yillik qiymati koʻrsatiladi. Ushbu satrlar tegishli bandlar, sana, raqam, turi va normativ-huquqiy hujjat nomi koʻrsatilgan holda toʻldiriladi.
Yuridik shaхslardan olinadigan mol-mulk soligʻi hisob-kitobiga 3-ilova 010, 030-bandlari avtomatik tarzda toʻldiriladi.
Koʻrgazmali boʻlishi uchun Mol-mulk soligʻi hisob-kitobi shakllarini va Hisob-kitobga 3-ilovani keltiramiz. Sariq rangda avtomatik tarzda toʻldiriladigan maydonlar ajratib koʻrsatilgan, qolgan maydonlarni buхgalter toʻldiradi.
![]()