DSQ alkogol va umumiy ovqatlanish bilan boʻlgan masalani tushuntirdi

preview

Soliq qoʻmitasining matbuot xizmati tushuntirishni e’lon qilib, unda alkogolni realizatsiya qiluvchi umumiy ovqatlanish korxonalariga 2021 yilda QQS va foyda soligʻini toʻlashga oʻtish talabi tatbiq etilishi masalasi yuzasidan idoraning pozitsiyasini tushuntirdi.

Xususan, idoraning xabar berishicha, OʻRQ-659-son Qonunga muvofiq SK alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivoni chakana sotish boʻyicha turgʻun savdo shoxobchalariga 2021 yil 1 yanvardan  boshlab QQS va foyda soligʻini toʻlashga oʻtish majburiyatini yuklaydigan norma bilan toʻldirildi .

Ular 2021 yil 5 yanvarga qadar soliq organlariga QQS toʻlovchisi sifatida hisobga olish uchun ariza taqdim etgan boʻlishlari kerak edi. Biroq istisno tartibida ushbu muddat joriy yilning 15 yanvariga qadar (15 yanvar ham kiradi)  uzaytirildi.

Bunda Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalariga asosan davlat hokimiyati mahalliy organlari tomonidan belgilangan joylarda doimiy asosda joylashgan savdo ob’yektlari (doʻkonlar, kioskalar, laryoklar, pavilonlar, dorixonalar, optika, avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalari) turgʻun savdo shoxobchalari hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarni) ishlab chiqarish va sotish qoidalariga asosan esa umumiy ovqatlanish sohasidagi xoʻjalik yurituvchi sub’yekt bu umumiy ovqatlanish sohasida kulinariya, shuningdek boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash, sotish va iste’mol qilishni tashkil etish hamda xizmatlar koʻrsatish boʻyicha funksiyalarni bajaruvchi yuridik shaxsdir.

Yuqorida bayon etilganlarga binoan turgʻun savdo shoxobchalari orqali alkogolli mahsulotlar, shu jumladan pivo bilan chakana savdo qiluvchi yuridik shaxslar 2021 yil 1 yanvardan boshlab jami daromadi miqdori  va davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan qati nazar barcha amalga oshiriladigan faoliyat turlari boʻyicha QQS va foyda soligʻini toʻlashga oʻtadilar.

SKning 461-moddasi qoidalarini hisobga olgan holda SKning 461-moddasi 2-qismi 9-bandi normalari umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat doirasida alkogolli mahsulotlarni realizatsiya qiluvchi soliq toʻlovchilarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Bunda Prezidentning 2020 yil 30 oktyabrdagi “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PF-6098-son Farmoni bilan shunday tartib oʻrnatilganki, unga muvofiq 2021 yil 1 yanvardan 2022 yil 1 yanvargacha boʻlgan muddatga umumiy ovqatlanish sohasidagi kichik tadbirkorlik sub’yektlarining bank kartalari va kontaktsiz toʻlovlardan foydalangan holda jismoniy shaxslardan olingan daromadlari umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga majburiy tartibda oʻtish maqsadida umumiy daromadga kiritilmaydi.

SKning 461-moddasi 2-qismi 10-bandi normalari bozorlar va savdo komplekslari hududida joylashgan soliq toʻlovchilarga tatbiq etilmaydi.

 

Savdo va ovqatlanish Savdo va ovqatlanish Savdo va ovqatlanish /oz/publish/doc/text166407_dsq_alkogol_va_umumiy_ovqatlanish_bilan_bulgan_masalani_tushuntirdi