Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Markaziy bank Boshqaruvi 21 yanvarda asosiy stavkani yillik 14% darajasida oʻzgarishsiz qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Nima uchun buni bilish muhim?
14% stavka 2020 yil sentyabrdan buyon saqlanib kelinmoqda. Uni soliq solish maqsadlarida foizsiz qarzlar (moliyaviy yordam) boʻyicha daromadlar hisob-kitobida qoʻllashadi.
Mazkur holda daromad muayyan muddatga olingan pul mablagʻlari foizlarni toʻlash majburiyatisiz foydalanishi munosabati bilan yuzaga keladi. Soliq solish maqsadlarida bunday daromad qarz olish sanasida MB tomonidan belgilangan qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi
.
Bunday hisob-kitob faqat soliq solish maqsadlarida amalga oshiriladi. Buхgalteriya hisobida qarz mablagʻlaridan bepul foydalanishdan olingan daromadlar aks ettirilmaydi.
Daromadni qayta moliyalashtirish stavkasidan (asosiy stavka) kelib chiqqan holda aniqlash qoidasi quyidagilarga tatbiq etilmaydi:
- banklararo operatsiyalarga va kredit tashkilotlari tomonidan berilgan kreditlarga;
- hukumatning qarorlariga koʻra, shuningdek Oʻzbekistonning norezidentlari tomonidan beriladigan qarzlarga (ssudalarga);
- konsolidatsiyalashgan guruhning bir ishtirokchisi tomonidan uning boshqa ishtirokchisiga beriladigan qarzlarga.
2020 yil apreldan dekabrga qadar foizsiz qarz (moliyaviy yordam) boʻyicha daromad 03.04.2020 yildagi PF-5978-son Farmonning 15-bandiga muvofiq soliq solishdan ozod etilgan edi.
Tatyana LIMAREVA