9 oyni xatolarsiz yopamiz:
«Norma» kompaniyasi yangi Buxgalter PRO ekspert ma’lumotnoma tizimini ishga tushirganligi haqida ma’lum qildi. Tizim buxgalterlarga eng dolzarb va kundalik mehnat faoliyatida uchraydigan kasbga doir savollarga javob topishda yordam beradi. Resurs ishga tushirilgan dastlabki soatdanoq uning ilk obunachilari darak berishdi. Kimlar bunday tezkor qarorni qabul qildilar?
№1: «Happy people» MChJ direktori oʻrinbosari Natalya YaGUDINA:
– Tashkilotimiz mebel, xoʻjalik anjomlari va idishlarni ulgurji va chakana sotish bilan shugʻullanadi. Bizda bosh buxgalter shtati nazarda tutilmagan, buxgalter majburiyatlari mening zimmamga yuklangan.
E’lonni koʻrishim bilanoq Buxgalter PRO ga obuna boʻlishga qaror qildim. Birinchi boʻlib MHXSga koʻzim tushdi. Hammamiz xalqaro standartlarga oʻtishimizga toʻgʻri keladi, foydalanish uchun bu mavzuga oid materiallar juda kam beriladi.
– Buxgalter PRO bilan tanishib chiqishga ulgurdingizmi?
– Obunachi sifatida foydalanishga ruxsat olgan kunim kechqurun materiallarni koʻrib chiqdim.Vuxgalter.uz saytidan farqli ravishda, bu yerda batafsil maslahatlar misollar va hisob-kitoblar bilan joylashtirilgan. «Javob beramiz» ma’lumot xizmatidan, vebinarlar va seminarlardan foydalanish imkoniyati mavjud. Bu ishimiz, professional rivojimiz uchun zarurdir.
– Loyiha ustidan ish olib borayotgan jamoaga biror tilaklaringiz bormi?
– Avvalo, dolzarb va kerakli loyiha uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Buxgalterlarni qiziqtiradigan mavzulardagi materiallar koʻproq berilsa yaxshi boʻlardi.
№2: «Wings Distribution Company» MChJ bosh buxgalteri Sevinch OZBEKOVA:
– Kompaniyamiz maishiy kimyo sohasidagi dunyodagi yetakchi ishlab chiqaruvchilarning distribyutori hisoblanadi. Buxgalteriya – kompaniyamizdagi eng katta boʻlimlardan biri. Ushbu jarayonga 17 kishi jalb qilingan, ulardan 4 nafari bevosita buxgalteriya hisobi bilan shugʻullanadi. Buxgalter.uz ni ikki yildan buyon oʻqib kelamiz. Karantinga qadar, ofisda ishlayotganimizda, yangiliklarni hammamiz birgalikda oʻqirdik va muhokama qilardik. Masofaviy ishlashga oʻtganimizdan keyin, buxgalter.uz dan foydalanish an’anasini saqlab qoldik, faqat endi men xodimlarga zarur ma’lumotlar boʻyicha havolalarni yuboryapman.
Har doim buxgalter taqvimini oʻqiymiz, u muhim narsalar e’tibordan chetda qolib ketmasligiga yordam beradi. Hisob-kitoblar bilan berilgan tavsiyalar soliqlarni hisoblash bilan bogʻliq murakkab masalalarni hal etishda koʻmakdoshdir. Umuman olganda buxgalter.uz da foydali ma’lumotlar juda koʻp, ular ishimizga taalluqli soʻnggi yangiliklarni bilib olishimizga yordam beradi.
– Buxgalter PRO dan nimalarni kutib qolasiz?
– Avvalo, – kasbga oid masalalarni hal etish uchun zarur boʻladigan koʻpgina materiallardan foydalanishni xohlardim. Buxgalter PRO da ma’lumotnoma axborotlar juda koʻp, boshqa resurslarda ulardan foydalanish imkoniyati mavjud emas.
Biz Buxgalter PRO orqali bevosita «Javob beramiz» ma’lumot xizmatidan foydalanish imkoniyatiga ega boʻldik. Ilgari «Norma» mahsulotlarining foydalanuvchilari hisoblangan yuristlar orqali murojaat qilar edik. Endi bizga qulay boʻladi deb oʻylayman.
Resursda reklamaning yoʻqligi ayni muddao boʻldi. Ishlash yanada oson boʻlishiga ishonaman.
№3: «BUNISA» XF bosh buxgalteri Tatyana KAChKAYeVA:
– Kompaniyaning faoliyat turi – mebel va xoʻjalik tovarlari bilan chakana savdo qilish.
buxgalter.uz ishga tushirilgan ilk kundanoq uning obunachisi va oʻquvchisiman. Telegram-kanalga ham obuna boʻlganman. Shu tariqa yangi materiallar bilan tanishish, soliq qonunchiligidagi oʻzgartirishlar toʻgʻrisida ma’lumotlarni operativ olish juda qulay boʻlmoqda. Hisob-kitob namunalari, shakllarni toʻldirish yoxud u yoki bu servislardan foydalanish boʻyicha batafsil yoʻriqnomalar koʻrinishidagi bosh buxgalter uchun shpargalka juda foydali deb oʻylayman. Bunday materiallar mehnat faoliyatimda juda asqotadi, katta koʻmak beradi. Barcha tushuntirishlar oʻz vaqtida va tushunarli qilib beriladi.
– Vuxgalter.uz dan pulli obunani olish borasida qandaydir shubha-gumonlar paydo boʻlganmi?
– Bunday yoʻriqnomalar va tushuntirishlardan bebahra qolishimni tasavvur qilib, darhol obuna boʻlishga qaror qilganman. Foydali ma’lumotlarni olishga oʻrganib qoldim, endi ularni qoʻldan chiqarishni xohlamayman. Kompaniyamiz direktori ham ushbu qarorni ma’qulladi.
Buxgalter.uz guruhiga kelgusida muvaffaqiyatlar tilayman va bunday mehnatlari uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman.
Buxgalter.uz guruhi oʻz navbatida barcha oʻquvchilarga va obunachilarga mehnat jabhalarida omad, moliyaviy yutuqlar va shaxsiy hayotda muvaffaqiyatlar tilaydi!
Salomat boʻling! Ishonchingizni oqlashga va barcha kasbga oid savollaringizga toʻgʻri javoblarni topishga harakat qilamiz!
![]()