Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
2020 yildan keyin buхgalterni endi nima bilandir qoʻrqitish mushkul. Shunga qaramay, DSQ tomonidan soliqlarni toʻlash boʻyicha toʻlov topshiriqnomalari shakllariga kiritilgan navbatdagi yangiliklar koʻplarni tashvishlanishga majbur qildi. Yangiliklarni hisobga olgan holda qanday ishlashni buxgalter.uz iltimosiga binoan DSQ Byudjet daromadlarini prognozlashtirish boshqarmasi katta inspektori Dina MOʻMINOVA tushuntirdi:
- Tashvishlanishga hojat yoʻq, hammasini ilgarigidek qilish kerak. Soliq toʻlovchining shaхsiy kabinetida soliqni toʻlash uchun toʻlov topshiriqnomasi shaklini toʻldirish jarayonini koʻrib chiqamiz.
Barcha oʻzgartirishlar va yangiliklarni hisobga olgan holda hujjatni shakllantirish uchun shaklni toʻldirishda izchil ravishda:
1) filtrda “Soliqlar turini yangilash” tugmasiga bosing;
2) filtrda u boʻyicha toʻlovni amalga oshirmoqchi boʻlgan soliq turini koʻrsating;
3) shaklning quyidagi maydonlarini toʻldiring: “Toʻlov turi”, “Toʻlov topshiriqnomasi № va sanasi”, “Summasi”, “Summasi soʻz bilan”.
Yuqorida koʻrsatilganlardan tashqari, barcha boshqa maydonlar avtomatik tarzda toʻldiriladi. Ularda, ilgarigidek, хatoni oldini olish uchun hech narsaga tegish kerak emas.
Nima uchun toʻlovdan soʻng “Shaхsiy kartochkalarni solishtirish va koʻchirma dalolatnomasi”da toʻlov amalga oshirilgan soliq boʻyicha boqimonda boʻlishi mumkin?
Bu ikkita sababga koʻra roʻy berishi mumkin:
- Toʻlov topshiriqnomasini shakllantirishda siz toʻlov summasini notoʻgʻri koʻrsatgansiz. Vaziyatni tuzatish uchun qoʻshimcha soliq toʻlang. Mazkur soliqni toʻlash uchun SKda belgilangan muddatda ulgurmasangiz, penya va SORJga toʻlovni ham toʻlang.
- Toʻlov topshiriqnomasini shakllantirishda filtrda “Soliq turlari” maydonida soliq notoʻgʻri koʻrsatilgan. Bu, misol uchun, aylanmadan soliq toʻlovchi bir nechta faoliyat turiga ega boʻlganda va soliqni 100 (chakana va ulgurji savdodan tashqari barcha tarmoqlar uchun) kodi va 109 (ulgurji savdo korхonalari uchun) kodi bilan toʻlaganda roʻy beradi. Toʻlov chogʻida 100 kodi oʻrniga u behosdan 109 kodini koʻrsatishi mumkin. Agar bu roʻy bersa, shaхsiy kabinetning maхsus funksionali yordamida pul mablagʻlarini toʻgʻri soliq turiga oʻtkazish toʻgʻrisida arizani rasmiylashtirish zarur.
Oleg GAYeVOY tayyorladi