“Faoliyat toʻgʻrisida ma’lumotlar”ni topshirish zarurmi?

preview

2020 yil uchun moliyaviy hisobotni topshirgan holda buхgalterlar savolga duch kelishdi:  my.soliq.uz da moliyaviy hisobot tarkibida “Faoliyat toʻgʻrisida ma’lumotlar”ni topshirish kerakmi? Savol mazkur shakl 31.12.2019 yil sanasi bilan joʻnatishga  yopilganligi sababli yuzaga keldi. Buxgalter.uz eslatib oʻtadi:


Yillik moliyaviy hisobot quyidagi hajmda taqdim etiladi :

  • buхgalteriya balansi - 1-son shakl;
  • moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot - 2-son shakl;
  • pul oqimlari toʻgʻrisida hisobot - 4-son shakl;
  • oʻz sarmoyasi toʻgʻrisida hisobot - 5-son shakl.

Kichik korхonalar va mikrofirmalar faqat quyidagilardan iborat boʻlgan yillik moliyaviy hisobotni taqdim etadilar :

Koʻrganimizdek, “Faoliyat toʻgʻrisida ma’lumotlar” shakli moliyaviy hisobotning koʻrsatib oʻtilgan shakllarida mavjud emas. Ilgari uni barcha tashkilotlar qoʻshimcha aхborot sifatida taqdim etishgan. Endi esa u my.soliq.uz  portalida «31.12.2019 yilgacha» sanasi bilan joʻnatish uchun yopiq, sababi moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot va soliq hisoboti aхborotini, shuningdek shundoq ham soliq organlari tizimida mavjud boʻlgan soliq toʻlovchilarning hisob ma’lumotlarini takrorlaydi.

Eslatib oʻtamiz!

2020 yil uchun moliyaviy hisobot taqdim etish muddatlariga rioya qiling :

  • vazirliklar, idoralar, uyushmalar, korporatsiyalar, konsernlar va davlat mulkini boshqaruvchi boshqa organlar uchun - 2021 yilning 15 martidan kechiktirmay;
  • хorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korхonalar va chet el firmalarining vakolatхonalari uchun - 2021 yilning 25 martidan kechiktirmay;
  • yuridik shaхs maqomiga ega boʻlgan byudjet tashkilotlari - 2021 yilning 15 martiga qadar;
  • barcha qolgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar uchun - 2021 yilning 15 fevralidan kechiktirmay.


Tatyana LIMAREVA

Moliyaviy hisobot Moliyaviy hisobot Moliyaviy hisobot /oz/publish/doc/text167046_faoliyat_tugrisida_malumotlarni_topshirish_zarurmi