9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Barcha sa’y-harakatlarga qaramay, barcha buxgalterlar ham yanvar oyi uchun hisobvaraq-fakturalarni oʻz vaqtida taqdim etishga muvaffaq boʻlmadilar. "Yangi texnologiyalar" IAMning xabar berishicha, bugun, 10 fevral kuni buni amalga oshirish mumkin. Ammo asabni qoʻzgʻatadigan vaziyat hukmron... EHF tizimining ertalab ishlamaganligi ham tashvishlantirmoqda. Bunda bu safar hisobvaraq-fakturalarni taqdim etish muddatlari uzaytirilishi yoki yoʻqligi toʻgʻrisida ishonchli ma’lumot yoʻq.
Hisobvaraq-fakturalarning shakllari hamda ularni toʻldirish, taqdim etish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizomga muvofiq uzoq muddatli shartnomalar boʻyicha hisobvaraq-fakturalarni taqdim etish muddati har oyning 10 kuniga qadar etib belgilangan.
Ushbu qoida quyidagilarga taalluqli:
- elektr va (yoki) issiqlik energiyasi, suv, gaz, kommunal xizmatlar, aloqa xizmatlari, temir yoʻlda tashish, transport-ekspeditorlik xizmati realizatsiya qilinganda, quvurlar tizimi orqali yuklarni tashishga doir xizmatlar realizatsiya qilinganda, shuningdek, tovarlar (xizmatlar) doimiy (uzluksiz) asosda realizatsiya qilinadigan boshqa xollarda tovarlar yetkazib berilganda (xizmatlar koʻrsatilganda);
- ob’yektlar qurilishida, shu jumladan, ob’yektlarni foydalanish uchun tayyor holda qurishda, shuningdek, uzoq (bir soliq hisoboti davridan ortiq) texnologik davriylikdagi uzoq muddatli shartnomalar boʻyicha, agar ularning shartlarida xizmatlarni har oyda topshirish nazarda tutilmagan boʻlsa.
“10-chisloga qadar” normasiga e’tibor qaratish lozim. U oyning 9-kuni - hisobvaraq-faktura taqdim etishning soʻnggi kuni ekanligini bildiradi. Va DSQga tizim bugun ham ularni taqdim etishga imkon berayotganligi uchun minnatdorlik bildirish lozim, sababi bu - taqdim etilmagan hujjatlarni qisqartirish imkoniyatidir. "Yangi texnologiyalar" IAMda tushuntirishlaricha, yanvar oyi uchun hisobvaraq-fakturalarni taqdim etishning soʻnggi kuni - 2021 yil 10 fevral. Biroq 9 va 10 fevral kunlari tizimda nosozliklar boʻlganligini e’tiborga olish lozim, bu haqda DSQ rasmiy Telegram-kanali xabar berdi. Tahririyat tomonidan oʻtkazilgan soʻrovning koʻrsatishicha, respondentlarning yarmidan koʻpi yanvar oyi EHFlarini taqdim etishga ulgurishmagan.
Boshqalar qatorida, DSQ qandaydir sabablarga binoan SKning 461-moddasiga muvofiq soliq toʻlash majburiyati yuzaga kelgan paytdan ancha keyinroq QQS toʻlovchisi guvohnomasini olganlar uchun QQS bilan hisobvaraq-fakturalarni taqdim etishga texnik cheklovni bekor qilishi haqidagi axborotni katta umid bilan qabul qilganlar murakkab vaziyatda qolishdi. Biroq ushbu jihat hali ham texnik amalga oshirilmagan.
Oleg GAYeVOY