9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Hokimning 12.02.2021 yildagi 159-son qarori bilan Toshkent shahridagi yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali tasdiqlandi
Xususan, quyidagilar texnik koʻrikdan oʻtkazilishi kerak:
a) tijorat asosida yoʻlovchilar tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar, trolleybuslar, tramvaylar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar – bir yilda ikki marta (birinchi marta – 1 iyundan 30 iyungacha, ikkinchi marta – 1 sentyabrdan 31 oktyabrgacha);
b) ishlab chiqarilganligiga 5 yildan koʻp boʻlmagan (ishlab chiqarilgan yili ham shu jumlaga kiradi) transport vositalari, «a» kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari – 2 yilda 1 marta;
v) ishlab chiqarilgan yilini hisobga olgan holda ishlab chiqarilganligiga 5 yildan ortiq boʻlgan transport vositalari, shuningdek ishlab chiqarilgan vaqti aniqlanmagan transport vositalari, «a» kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari – bir yilda 1 marta;
g) tirkamalar koʻrikka transport vositasi — shatakchi uchun belgilangan muddatlarda taqdim etiladi;
d) navbatdagi texnik koʻrikdan oʻtkazishning ilgari oʻrnatilgan muddatlaridan qat’i nazar, ularni DYHXX organlarida roʻyxatdan oʻtkazish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish) vaqtida;
ye) ular ishlab chiqarilgan yildan qat’i nazar, DYHXX organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgan (qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan) kundan boshlab bir yil oʻtgach (mazkur bandning «a» kichik bandida koʻrsatilgan holatlar bundan mustasno).
Yuridik shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1 martdan 30 iyunga qadar, jismoniy shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1 yanvardan 31 avgustga qadar oʻtkaziladi.
Texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun qonunchilikda belgilangan tartibga muvofiq yigʻim undiriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va rasmiy e’lon qilingan kundan kuchga kirdi.
Norma.uz materiallari asosida