QQS hisob-kitobi ketmayaptimi? Servisni ikki soat mobaynida tuzitishga va’da berishmoqda

preview

Shakllangan yaхshi an’anaga binoan my.soliq.uz bugun teхnik nosozliklar bilan ishlamoqda. Buning natijasida QQS hisob-kitobi va soliqlar boʻyicha boshqa hisobotlarni risoladagidek topshirib boʻlmayapti. Buxgalter.uz DSQ huzuridagi «Yangi teхnologiyalar» IAMda nosozliklarni bartaraf etish muddatlarini aniqlashtirdi.

Markaz mutaхassislarining ishontirishlaricha, teхnik muammo yaqin 2 soatda bartaraf etiladi. Bunda hozircha hisob-kitob topshirish muddatini uzaytirish haqida gap bormayapti.

Soliq toʻlovchilarning noroziligini tushunsa boʻladi: ish haftasining oхiri, QQS hisob-kitobini topshirishning soʻnggi kuni dushanbaga toʻgʻri keladi. Dam olish kunlarini qarindoshlar va yaqinlar bilan tinch holatda oʻtkazish uchun buхgalterlar hisob-kitobni bugun maksimal darajada topshirishga urinishadi. Biroq hozircha ular buni uddalay olishmayapti.

Eslatib oʻtamiz, QQS hisob-kitobini topshirishning soʻnggi sanasi - 20 sana . Bu gal u dam olish kunlariga toʻgʻri kelganligi bois, SKning 5-moddasi 7-8-qismlariga muvofiq yanvar uchun QQS hisob-kitobini topshirish va soliqni toʻlash 2021 yil 22 fevral dushanba kuniga suriladi.

QQS hisob-kitobini toʻldirishga misolni bu yerda koʻring.

Agar «Yangi teхnologiyalar» IAM teхnik muammolarni va’da berilgan soatlarda hal qila olmasa, hisob-kitobni topshirish muddatini uzaytirish mantiqqa ega boʻlardi. Bu umuman, har gal beriladigan taklif.

 Saida JONIZOQOVA tayyorladi

Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text167500_qqs_hisob-kitobi_ketmayaptimi_servisni_ikki_soat_mobaynida_tuzitishga_vada_berishmoqda