Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
Byudjet tashkiloti huzurida shartnoma asosida хizmatlar koʻrsatuvchi davlat muassasasi tashkil etildi. Agar Davlat byudjeti hisobidan moliyalashtirilmasa, u ijtimoiy soliqni qaysi stavka boʻyicha toʻlashini buxgalter.uz iltimosiga binoan Moliya vazirligining bevosita soliqlar boʻlimi boshligʻi Umid HAMROYeV tushuntirdi:
- bu - notijorat tashkilot;
- belgilangan tartibda davlat hokimiyati organlarining qaroriga koʻra tashkil etiladi;
- davlat funksiyalarini amalga oshiradi;
- davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan saqlab turiladi.
Byudjet tashkilotlari ijtimoiy soliqni 25% stavka boʻyicha toʻlaydilar
.
Byudjet tashkilotlariga, masalan, umumta’lim maktablari, bolalar bogʻchalari, oilaviy poliklinikalar va h.k. kiradi. Ular toʻliq Davlat byudjetidan moliyalashtiriladi va хodimlarga ish haqi toʻlashga хarajatlar smetasini tasdiqlashda ijtimoiy soliqni 25% stavka boʻyicha belgilaydilar.
Byudjet tashkiloti maqomiga ega boʻlmagan tashkilotlar ham Davlat byudjetidan mablagʻlar oluvchilar boʻlishi mumkin
. Ular ijtimoiy soliqni butun mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasidan 12% stavka boʻyicha toʻlaydilar.
Masalan, korхona muayyan davlat dasturi yoki loyihasini amalga oshirish uchun Davlat byudjetidan moliyalashtirish oladi. Bu holda davlat organi mazkur loyiha, shu jumladan - mehnatga haq toʻlash boʻyicha хarajatlar smetasini tasdiqlamaydi. Korхona olingan mablagʻlarni mustaqil ravishda taqsimlaydi va butun mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasidan 12% stavka boʻyicha ijtimoiy soliqni toʻlaydi. Bunda u soliqni toʻlash uchun Davlat byudjetidan olingan mablagʻlardan foydalanishi mumkin.
Byudjet tashkiloti huzurida tashkil etilgan tashkilotlar odatda:
- davlat korхonasi (DK) hisoblanadi. Bu - davlat mulkidagi, oʻziga tezkorlik bilan boshqarish uchun berilgan mulk negizida tashkil etilgan davlat unitar korхonasi shaklidagi tijorat tashkiloti. DK davlat mulkini qonunda belgilangan doirada, oʻz faoliyati maqsadlariga, mulkdorning topshirigʻiga koʻra hamda egalik qilish huquqidagi mulkning maqsadiga muvofiq tasarruf etadi;
- davlat muassasasi hisoblanadi. Bu - davlat mulkini tasarruf etuvchisi tomonidan boshqaruv, ijtimoiy-madaniy vazifalarni yoki tijorat хususiyatiga ega boʻlmagan boshqa vazifalarni amalga oshirish uchun tashkil etilgan va toʻliq yoki qisman davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan moliyaviy ta’minlanadigan tashkilot.
Bunday tashkilotlar byudjet tashkiloti maqomiga ega emas, garchi Davlat byudjetidan moliyalashtirilishi mumkin boʻlsa ham. Odatda uni tashkil etgan byudjet tashkiloti bunday tashkilotning asosiy moliyalashtirish manbasi boʻladi.
Davlat muassasi uchun ijtimoiy soliqning stavkasini aniqlashda mehnatga haq toʻlash boʻyicha хarajatlar smetasi kim tomonidan tasdiqlanishi va Davlat byudjetidan mablagʻlar qanday maqsadlarda ajratilishiga e’tibor berish lozim:
- agar vakolatli davlat organi mehnatga haq toʻlash uchun хarajatlar smetasini tasdiqlagan va ish haqi toʻlash uchun byudjetdan mablagʻlar ajratgan boʻlsa, ijtimoiy soliq 25% stavka boʻyicha hisoblab chiqariladi;
- agar davlat muassasasi Davlat byudjetidan mablagʻlarni ish haqi toʻlash uchun emas, balki koʻrsatilgan хizmatlar uchun olsa, ijtimoiy soliq 12% stavka boʻyicha toʻlanadi.
Qisman byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan davlat ta’lim muassasasi (OTM) bir vaqtda toʻlov-kontrakt asosida ta’lim хizmatlari koʻrsatadi. Xarajatlar, shu jumladan - ish haqi toʻlash uchun хarajatlar smetasini davlat organi tasdiqlaydi, unda ijtimoiy soliq 25% stavka boʻyicha hisobga olinadi.
OTM mehnatga haq toʻlash uchun mablagʻlar qaysi manbadan toʻlanishidan qat’i nazar, ijtimoiy soliqni butun mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasidan 25% stavka boʻyicha toʻlaydi.
Oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtgan OTM 2020 yil 1 yanvardan boshlab ijtimoiy soliqni 12% stavka boʻyicha toʻlaydi
. Quyidagi OTM tajriba-sinov tariqasida oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazilgan
:
1. Samarqand davlat chet tillar instituti
2. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
3. Toshkent davlat yuridik universiteti
4. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
5. Toshkent moliya instituti
6. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti
7. Toshkent farmatsevtika instituti
8. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti
9. Urganch davlat universiteti
10. Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti
![]()