9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Moliya vazirligi MHXSga oʻtuvchilar uchun namunaviy hisob siyosatini ishlab chiqdi
Moliya vazirligi ochiq foydalanish uchun 2021 yil 1 yanvardan boshlab MHXS asosida buxgalteriya hisobini yuritishga oʻtgan korxonalar uchun hisob siyosatining namunaviy shaklini joylashtirdi. Uslubiy qoʻllanmadan oʻzbek va rus tillarida foydalanish mumkin.
Eslatib oʻtamiz, Prezidentning “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga oʻtish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4611-son qaroriga asosan yil boshidan e’tiboran taxminan 500 ta yirik soliq toʻlovchilar MHXS asosida buxgalteriya hisobini yuritishga oʻtishdi.
Ishlab chiqilgan qoʻllanma tavsiyaviy tusga ega. MHXS asosida buxgalteriya hisobini yurituvchi korxonalar oʻz hisob siyosatlarini faoliyat turiga bogʻliq holda tuzishda undan foydalanishlari mumkin. Namunada hisobning bir nechta ehtimoliy variantlari keltirilgan.
![]()