9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Soliq organlari lozim darajada ehtiyotkorlik qilishni qanday tushunishadi? Hisobga olish summasiga tuzatish kiritilgan soliq toʻlovchilarni nima kutmoqda? Ushbu va boshqa savollarga buxgalter.uz iltimosiga binoan DSQ Soliq nazorati metodologiyasi va sifatini baholash boshqarmasi boshligʻi Aziz HOShIMOV javob berdi:
- Viloyatlar boshqarmalaridagi va Toshkent shahar DSBdagi soliq organlariga murojaat qiluvchilarning katta oqimi munosabati bilan soliq toʻlovchilarni qabul qilish boʻyicha ishchi guruhlari tashkil etildi.
QQS boʻyicha shaxsiy kartochkalarda paydo boʻlgan soliq qarzi va qoʻyilgan inkasso topshiriqnomalar boʻyicha savollar kelib tushmoqda. Va biz har bir murojaatni - “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq koʻrib chiqamiz. Zarurat boʻlganda soliq organi oʻz vakolati doirasida vaziyatni aniqlashtirish uchun yetishmayotgan ma’lumotlarni qoʻshimcha ravishda talab qilib oladi.
Agar soliq toʻlovchi faqat QQSni noqonuniy hisobga olish yoki byudjetga toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summalarini oʻzgacha tarzda noqonuniy kamaytirish tarzida asossiz soliq nafi olishni koʻzlab amalga oshiriladigan operatsiyalarda ishtirok etgan boʻlsa, unga QQSni hisobga olishda rad etishadi. Ya’ni - agar soliq organi bitim “nomigagina” rasmiylashtirilgan, tovar (xizmat) esa haqiqatda u bilan shartnoma tuzilmagan shaxsdan olingan boʻlsa.
Bitimni qonuniy va oʻzi bilan qoʻshimcha soliq oqibatlarini, shu jumladan - QQSni hisobga olish huquqidan mahrum qilishga olib kelmaydi deb e’tirof etish uchun, u quyidagi mezonlarga toʻgʻri kelishi kerak:
- haqiqiy, amalda bajarilgan boʻlishi;
- bitimni yoki bevosita kontragent yoxud uning pudratchisi bajarishi kerak;
- bitimda shunchaki soliqlarda noqonuniy tejash vazifasi emas, balki ishbilarmonlik maqsadi boʻlishi kerak.
Tegishincha, soliq toʻlovchi bitimning haqiqiyligi va qonuniyligini isbotlovchi barcha narsani taqdim etishi zarur.
- Soʻnggi vaqtlarda lozim darajada ehtiyotkorlik qilish, bu tushunchaning kengligi va noaniqligi haqida koʻp gapirilmoqda. Siz nimani tavsiya qilasiz? Lozim darajada ehtiyotkorlik qilishni qanday namoyon qilish mumkin?
- Avvalo ta’kidlab oʻtaman: kontragentni tanlashda lozim darajada ehtiyotkorlik namoyon qilinmaganligi QQSni hisobga olishda soliq toʻlovchiga rad etish uchun mustaqil asos boʻlib xizmat qilishi mumkin emas.
Soliq toʻlovchi ehtiyotkorlikni pirovardida soliq organiga kontragentni tekshirish holatini isbotlash uchun namoyon qilishi lozim emas. U eng avvalo, kontragent - vijdonli, haqiqiy faoliyatni yuritishi va u bilan - shartnomaning oʻzini ijro etish nuqtai nazaridan va salbiy soliq oqibatlari xavfisiz shartnoma tuzish mumkinligiga ishonch hosil qilish uchun zarur.
Soliq organlari bitimlar bajarilishining haqiqiyligini tekshiradi. Shu bois shartnoma tuzishdan oldin kontragentda bitim boʻyicha majburiyatlarni ijro etish uchun imkoniyat va resurslar mavjudligiga ishonch hosil qiling.
Faqatgina 2018 yil 26 dekabrdagi PQ-4086-son qarorning 10-bandi talab qilganidek kontragentning hisobga qoʻyilganligini tekshirish bilan cheklanish mumkin emas. Koʻp buxgalterlar shu band bilan cheklanadilar va ehtiyotkorlikni namoyon qildilar deb hisoblashadi.
Lozim darajada ehtiyotkorlik qilish katta darajada tashkilot rahbariyati yoki bitim tuzishga vakolatli shaxslardan chiqishi kerak. Bu - butun kompleks chora-tadbirlar va kompaniyaning mansabdor shaxslarining izchil harakatlari. Kontragentni tekshirish yetarlicha va oqilona boʻlishi kerak.
Quyidagilar hamkorning ishonchliligi va sizning ehtiyotkorlik qilganligingizdan dalolat beradi:
- yetkazib berish shartlarini muhokama qilish va shartnomalarni imzolashda yetkazib beruvchi kompaniya va sotib oluvchi kompaniya rahbariyatining shaxsan bogʻlanishi;
- kompaniya-kontragent rahbarining hujjat bilan tasdiqlangan vakolati va uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasining mavjudligi;
- kontragentning, uning ombor, ishlab chiqarish yoki savdo maydonlarining joylashgan joyi toʻgʻrisida axborot;
- kontragentlarni izlash va tanlashni qayd etish: saytlarga havolalar yoki bosma materiallar, aynan oʻxshash (oʻxshash) tovarlar va xizmatlar bozori ishtirokchilari, shu jumladan - ularni ancha arzon narxlarda taklif qiluvchilar toʻgʻrisida foydalanish imkoniyati boʻlgan axborot mavjud boʻlganda kontragent toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish usuli toʻgʻrisida hujjatlarning mavjudligi;
- kontragentda shartnoma majburiyatlarini bajarish uchun resurslarning mavjudligi (ishlab chiqarish quvvatlari, uskunalar, malakali xodimlar).
Kontragentlarni tekshirish yuzasidan oʻz tizimini tashkilot oʻz faoliyati xususiyatlarini hisobga olgan holda mustaqil ravishda ishlab chiqishi kerak.
- Hisobga olish summalariga tuzatish kiritilgan soliq toʻlovchilar bilan nima boʻladi? Axir QQS bilan muammolar boʻlgan joyda, oʻz-oʻzidan, foyda soligʻi boʻyicha ham muammolar mavjud. Qoʻshimcha tekshiruvlar va sanksiyalar boʻladimi?
- Noqonuniy naqdlashtirish boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirishda bitimning ikkala tomoni soliq va buxgalteriya hisobida sun’iy hujjat aylanishini yaratgan holda qasddan xoʻjalik hayoti holatlari toʻgʻrisida yolgʻon ma’lumotlarni aks ettiradi. Ushbu soxta hujjatlar asosida soliq toʻlovchi QQS summalarini noqonuniy hisobga oladi va byudjetga toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasini kamaytiradi. Yoki - QQS boʻyicha salbiy saldo yaratish hisobiga oqibatda byudjetdan oʻziga soliq summasini qoplaydi.
Soxta hujjatlar sarflarni asoslash sifatida foydalaniladi va tegishincha, soliq solinadigan foydani kamaytiradi.
Agar soxta boshlangʻich hujjatlar va soliq bazasini yashirish yoki soliqlar toʻlanmaganligi aniqlansa, SKning 223 yoki 224-moddalari asosida yashirilgan soliq bazasi summasining yoki toʻliq toʻlanmagan soliqning 20%i miqdorida moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilishi mumkin.
Soliq organlari “naqdlashtirish idoralari” bilan moliyaviy munosabatlarga ega boʻlgan soliq toʻlovchilarning kameral soliq tekshiruvi tashabbusi bilan chiqadi. Ushbu tekshiruvlar soliq organi rahbarining buyrugʻi asosida bitta soliq - QQSni toʻgʻri hisoblab chiqarish va toʻlash masalalari boʻyicha oʻtkaziladi.
Agar tekshiruv chogʻida bitim nizoli va soliq toʻlovchida QQSni hisobga olish huquqi soxta hujjatlar hisobiga paydo boʻlganligi aniqlansa, soliq organi ilgari soliq organi QQSni hisobga olish boʻyicha toʻgʻri tuzatish kiritganligi yoki bekor qilganligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Agar soliq toʻlovchi soliq qarz summalarini tan olsa va soliq organiga bu haqda xabarnoma yuborgan boʻlsa, unga soliq qarzini teng ulushlarda 6 oyda soʻndirish boʻyicha boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati taqdim etiladi. Bunda moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilmaydi.
- Naqdlashtirish operatsiyalari boʻyicha soliq organlarining nazar doirasiga tushgan soliq toʻlovchilar - ularda xavfning yuqori darajasiga ega soliq toʻlovchilar roʻyxatidan chiqish imkoniyati mavjudmi?
- Albatta, mavjud. DSQ soliq xavfini boshqarish va xavfning yuqori darajasiga ega soliq toʻlovchilarni aniqlash tizimini ishlab chiqqan. U 07.01.2021 yildagi 1-son VMQ bilan tasdiqlangan va amalga kiritilgan.
Kompyuter dasturi EHFda aks ettirilgan tovar nomenklaturasini bank operatsiyalari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar bilan qiyoslagan holda qayta ishlash yoʻli bilan shubhali operatsiyalar bilan shugʻullangan 396 ta tashkilotni aniqlash imkonini berdi va tegishincha, ularga soliq xavfining yuqori darajasini berdi.
Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq toʻlovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va ularni soliq xavfi darajasi boʻyicha toifalash tartibi toʻgʻrisida nizomning 18-19-bandlariga asosan soliq toʻlovchilar soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali soliq organlariga soliq xavfi darajasi mezonlari boʻyicha tushuntirishlar yuborishga haqli. Ushbu tushuntirishlar, soliq xavfini boshqarish tizimini qoʻllashda va soliq xavfini tuzatishda hisobga olinishi mumkin.
Oleg GAYeVOY suhbatlashdi