Respublikamizdagi buxgalter ayollarni bayram bilan tabriklaymiz!

preview

«Norma» kompaniyasining erkaklar jamoasi rahbariyat nomidan hamda buxgalter.uz tahririyatining butun jamoasi hamkasblarni va oʻquvchilarni xalqaro xotin-qizlar kuni bilan muborakbod etadi!

8 mart bayrami munosabati bilan siz uchun hazil testni tayyorladik. Buxgalterlar klassifikatsiyasida oʻzingizni osongina topib olasiz deb umid qilamiz. Ehtimol,  bir yoʻla bir necha toifaga mansubligingiz ayon boʻlar!

Qanday natijalarga erishganingizni bizga yozib yuborishni unutmang


1. Yana soʻnggi muddatgacha choʻzdim, ulgurolmay qolishimga ozgina qoldi, biroq oxirgi lahzalarda bir necha daqiqa ichida server ishini oʻnglagunicha hisobotni topshirishga ulgurdim. Men – buxgalter-kaskadyorman.


2. Kontragentlarni tekshiraman, ishga ehtiyotkorlik bilan yondashaman, yaxshilab kuzataman. Har bir ish kuni va har bir shartnoma mina koʻmilgan maydonga oʻxshaydi. Katta mas’uliyat talab qiladi. Men – buxgalter-sapyorman.


3. Kodlar va boshqa identifikatorlarni qaramasdan, oʻn barmoqli usulda teraman, ish haftasi vertikal chiziqli toʻsiqlardan iborat, bunda bor kuchimiz bilan harakatlanish lozim. Dastur oʻz vaqtida yangilanmagan taqdirda, moʻljalga xuddi granata uloqtirgandek, maqsadga erishish uchun harakat qilaman. Mening profilim – harbiy-sport koʻp kurashi, oliy toifa.


4. Firmam va yana bir nechta firma autsorsing yoʻnalishida faoliyat yuritadi. Yana bir necha firmaning ishini olishni istardim, lekin afsuski bir sutkada bunga ulgurishning iloji yoʻq. Men – bosh buxgalter-grossmeysterman.


5. Rejani tuzdim, oʻz kuchimga ishonib bexavotir yoʻlga otlandim. Barchani ortda qoldirib, oʻtgan yilgi rekordimni yangiladim. Qolganlarni finish manzilida kutayotib, choy ham ichishga ulgurdim. Men – buxgalter-marafonchiman.


6. Shunday aniq isbot-dalillarni keltiramanki, men bilan inspektorlar ixtiyoriy ravishda aloqa qilishdan oʻzlarini olib qochadilar. Men – buxgalter-snayperman.


7. MHXSni oʻzlashtirib oldim, vaqti kelsa ularni qoʻllashdan choʻchimayman. Mening profilim – xalqaro asosdagi buxgalterlik yakka kurashining kontakt turlari.


8. Oʻqiyapman, qayta oʻqiyapman, oʻqib oʻrganyapman. Sutkalab malakamni oshiryapman. Seminarlar, vebinarlar, oʻquv kurslari, testlar, topshiriqlar, konspektlar, imtihonlar… Men – doimiy talabaman.


9. Boshqalarning EHFlari tufayli soliq hisobotlarini har gal qayta topshiraman, bunga parallel ravishda soliq organlaridan keladigan xatlarga ham qarayman. Ogʻir atletika va stol tennisi bilan bir vaqtda shugʻullanaman.


10. Buxgalteriya balansini ushlab turaman va bir vaqtning oʻzida direktorning istaklarini qonunchilik talablariga muvofiqlashtirishga harakat qilaman. Men – bosh buxgalter-akrobatchiman.


11. Muntazam ravishda aylanmalarni kuzatib turish va yashin tezligida harakat qilish lozim. Biroz chalqisangiz bormi – hammasi barbod boʻlishi mumkin: QQS borasida muammolar yuzaga kelishni boshlaydi. Men – 1-Formula poygachisiman.


12. Davr oʻtgan sayin hammasi yangilanib, tez-tez oʻzgarishlar qilinmoqda. Har kuni soliq qonunchiligiga qandaydir oʻzgartirishlar kiritiladi, sayt har doim hisobot topshirish paytida yaxshi ishlamaydi, shakllarda qandaydir noaniqliklar yuzaga keladi. Hamma bundan asabiylashadi, men esa bunga koʻnikkan holda ishlashda davom etaman. Men – buxgalter-faylasufman.

Bu yerda sharhlarni qoldirish mumkin.


Vuxgalter.uz bosh redaktori

Yuliya YaShINA shakllantirdi.

Suratlarni  buxgalter.uz rassomi

Vyacheslav MUROMSEV chizdi.

Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text168038_respublikamizdagi_buhgalter_aellarni_bayram_bilan_tabriklaymiz