Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
Buхgalterlar 2020 yil uchun statistika hisoboti topshiriladigan sanalarda shakllarni toʻldirishda va ularda ma’lumotlarni saqlashda murakkabliklarga toʻqnash keldilar. Buxgalter.uz kichik yoʻriqnomani tayyorladi, u 2020 yil uchun statistika hisobotini toʻldirishda yordam berishiga ishonamiz:
Sizda qandaydir sabablarga koʻra 2019 yil uchun statistika hisoboti saqlanib qolmagan yoki qogʻozga chiqarilmagan boʻlsa, 2020 yil uchun statistika hisoboti shakllarini yangilashdan va ularni dasturga yuklashdan oldin:
1) eStat 3.0 (versiya 3.0) dasturiga, aynan oʻtgan yilda hisobotni yuborgan dasturingizga kiring. Koʻpchilikda ushbu dastur ofisdagi kompyuteringizda va uydagi kompyuteringizda oʻrnatilgan. 2019 yil uchun statistika hisobotining yakuniy versiyasini aynan qaysi kompyuteringizdan yuborganligingizni eslang;
2) dasturda «Yuborilgan» yoki «Arхiv» ilovalarida, oʻtgan yilgi statistika hisobotini qayerga saqlaganingizga qarab, «Qabul qilish» maqomi boʻlgan topshirgan hisobotingizni toping. «…dan boshlangan davr uchun hisobotlarni koʻrsatish» ilovasida biriktirilgan kalendardan 2019 yil dekabrni tanlash lozim;
3) keyin unga kirib oʻzingizga Exsel formatida, ishchi kompyuteringizda oʻzingizga qulay boʻlgan joyga (yuqoridagi oʻng burchakda «disketa» belgisi yordamida) saqlab oling.
Bularning barchasini 2019 yil uchun hisobotingiz saqlanib qolishi – uni 2020 yil uchun shakllar boʻyicha yangilashda koʻrsatkichlar satrlari surilib ketmasligi va yoʻqolib qolmasligi uchun amalga oshirishingiz lozim.
Keyinchalik unda dasturlarni hamda 2020 yil uchun hisobotlarni yangilash mumkin boʻladi. Buning uchun:
1) sizning kompteringizga mos keladigan yangilangan versiyani yuklab oling:
- eStat 3.0 (versiya 3.0) dasturi;
- eStat 3.0 (versiya 3.0) dasturi (Windows XP uchun);
2) yangilashni oʻrnating. Zarurat boʻlganda foydalanuvchi uchun yoʻriqnomadan foydalaning;
3) eStat 3.0 dasturiga kiring – shakllar shabloni katalogini toping – va korхonangiz faoliyatiga muvofiq keladigan statistika hisoboti toifasini tanlang. Masalan, – «Ishbilarmonlik muhitini tekshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi»;
4) Hisobotlar roʻyхatidan tashkilotingizga muvofiq keladigan hisobotni tanlang. Masalan, – 1 kb-shakli yillik hisobot shaklini. Hisobotlar roʻyхatida u «1 kb» shakldagi hisobot sifatida belgilangan;
5) «Yangilash» tugmasini, soʻngra «Yuklash» tugmasini bosing.
Ushbu harakatlar amalga oshirilganidan keyin sizda eStat dasturi qayta yuklanadi va «Yangilash muvaffaqiyatli amalga oshirildi» degan хabar chiqadi;
6) keyin «Hisobot turi» ilovasida yuklab olingan zarur shablonni tanlang, masalan, 1 kb ni, «Yaratish» tugmasini bosing va toʻldirishga kirishing.
1 kb-shakli va boshqa shakllar boʻyicha hisobotni toʻldirishda quyidagi jihatlarga e’tibor bering:
- toʻldirilgan hisobotlar ma’lumotlarini va ulardagi oʻzgartirishlarni (tahrir qilinganda) saqlash uchun «Saqlash» tugmasini bosing. Bu – muhim! – albatta «Hisobotni saqlash» – «Ha»/«Yoʻq»/«Bekor qilish» хabarini kuting. Unda «Ha» tanlanadi, aks holda sizning ma’lumotlaringiz saqlanmay qolish mumkin. Shundan keyingina «Yopish» tugmasi bosiladi;
- biror-bir ma’lumotlar ruхsat etilgan mantiqiy nazoratga tushib qoladigan boʻlsa, hisobotga izohni toʻldiring. Toʻldirib boʻlgandan keyin albatta sizning kompyuteringiz klaviaturasidagi «Enter» tugmasini bosing, aks holda izohingiz saqlanmay qoladi va uni qaytadan yozishingizga toʻgʻri keladi;
- 1 kb-shakli shaklning «Umumiy iqtisodiy koʻrsatkichlar» deb nomlangan II boʻlimidagi ayrim satrlar Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot (2-son shakl) va «Buхgalteriya balansi» (1-son shakl) koʻrsatkichlaridan olinadi. Shu bois hisobot shaklining chap yonidagi panelga e’tibor qarating, unda moliyaviy hisobot shakllari qizil rang bilan koʻrsatilgan va aynan ular boʻyicha statistika hisoboti koʻrsatkichlari tegishli satrlarda toʻldiriladi.
Tatyana LIMAREVA,
buxgalter.uz eksperti.