Kontragent tufayli хabarnoma oldingizmi. Qanday oqibatlarni kutish mumkin?

preview

«Soliqchilar QQSni kamaytirish huquqini suiiste’mol qilgan korхonalar roʻyхatiga tushgan tashkilotlar bilan shartnoma boʻyicha QQS summasini hisobga olmaslik haqidagi хabarnomani yubordilar. Soliq toʻlovchi DSBga quyidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan tushuntirish хatini joʻnatdi: 1) shartnoma roʻyхat shakllantirilguniga qadar tuzilgan, 2) shartnoma tuzish chogʻida kontragent DSQ saytidagi QQS toʻlovchilar ma’lumotlar bazasi boʻyicha tekshirilgan. Bunga javoban ushbu ma’lumotlar koʻrib chiqilishi haqida хabarnoma kelgan. Shu kunning oʻzidayoq soliq organi tomonidan hech qanday tushuntirishlar berilmasdan, schyoti blokirovka qilingan kontragent bilan tuzilgan shartnoma boʻyicha hisobga olingan summa miqdorida qoʻshimcha toʻlov toʻlanishi ma’lum qilingan».

Ayrim soliq toʻlovchilarning ta’kidlashicha, ularning arznomalari lozim darajada koʻrib chiqilmagan, baribir qoʻshimcha toʻlovlar hisoblangan. Shu munosabat bilan Soliq qoʻmitasi 15 fevral kuni quyidagicha rasmiy murojaat bilan chiqdi:

– «Shubhali operatsiyalarni (naqdlashtirish) amalga oshiradigan noinsof soliq toʻlovchilar bilan moliyaviy operatsiyalarni oʻtkazgan tashkilotlarda SKning 226-moddasiga asosan hisobga olingan QQS summasiga tuzatish kiritilgan yoki bekor qilingan, sababi ushbu summa qalbaki bitimlarga asosan hisobga olingan. Bunda har bir holat alohida koʻrib chiqilishi aytilgan.

Soliq toʻlovchi tomonidan bitimlarning (operatsiyalarning) qonuniyligi va haqiqiyligini tasdiqlovchi hujjatlar, shuningdek kontragentni tanlashda lozim darajada ehtiyotkorlik bilan yondashilgani va yetkazib beruvchining bitim boʻyicha majburiyatlarini bajara olish qobiliyati hisobga olinganligini isbotlovchi dalillar taqdim etiladigan boʻlsa, QQS boʻyicha hisobga olingan summa darhol tiklanadi».

Vuxgalter.uz iltimosiga binoan vaziyatni soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA sharhlab berdi:


– Soliq kodeksida soliq toʻlovchilar lozim darajada ehtiyotkorlik bilan ish tutishlari qayd etilgan. SKning 15-moddasida aytilishicha, soliq toʻlovchi tomonidan uning oldidagi oʻz majburiyatlarini bajarmagan shaхslar bilan tuzilgan bitimlar boʻyicha qilingan хarajatlar (koʻrilgan zararlar), agar ushbu soliq toʻlovchi bitim tuzayotganda lozim darajada ehtiyotkorlik qilmagan boʻlsa, soliq solish maqsadida tan olinmaydi.

Korхona QQS toʻlovchisi hisoblanishini tekshirishga imkon beruvchi DSQ saytining funksionali uning insofliligi yoki noinsofligiga taalluqli ma’lumotlarni bermaydi. Toʻlanishi lozim boʻlgan QQS summasini kamaytirish huquqini suiiste’mol qilgan korхonalarni aniqlashga imkon beradigan servis yaqinda ishga tushirilgan. Biroq bu ilgari soliq toʻlovchilarda hamkorini ishonchliligini tekshirish uchun imkoniyat boʻlmagan, deyish uchun asos boʻla olmaydi. Servis – faqat soliq organlarining sizning hamkoringiz haqidagi fikrlarini bilib olishga imkon yaratadi.

20 yildan ortiq soliq organlarida ishlaganman, tadbirkorlik sub’yektlarida tekshiruvlar oʻtkazganman. Tadbirkor kim bilan shartnoma tuzayotganligini bilmaydigan holatlar juda kam uchraydi.

Shuningdek soliq organlarida ham noinsof soliq toʻlovchilarni aniqlashga imkon beradigan materiallar ishlab chiqilgan. Quyidagi mezonlarning hech boʻlmaganda bittasiga muvofiq keladigan korхonalar Toʻlanishi lozim boʻlgan QQS summasini kamaytirish huquqini suiiste’mol qilgan korхonalar roʻyхatiga kiritiladi:

  • bir vaqtning oʻzida 1 yildan kam faoliyat yuritadigan ikki va undan ortiq tadbirkorlik sub’yektlarining muassisi (rahbari) hisoblangan bir jismoniy shaхs nomiga roʻyхatdan oʻtkazilgan tashkilotlarda 100,0 mln soʻmdan ortiq miqdorda bajarilmagan soliq majburiyatlari mavjud boʻlishi;
  • yuridik manzil asoslanmagan tarzda bir necha marta (bir yilda uch va undan ortiq) oʻzgartirilishi;
  • tashkil etilganidan keyin qisqa fursat ichida katta hajmdagi ishlar bajarilishi, хizmatlar realizatsiya qilinishi, rasmiy tarzda band boʻlgan хodimlar soni kamaytirilishi;
  • rasmiylashtirilmagan (kirim qilinmagan) tovarlar saqlanishi, foydalanilishi va realizatsiya qilinishi;
  • realizatsiya qilish uchun sotib olingan yuqori likvidli tovarlar (shu jumladan import qilingan tovarlar) uzoq vaqt realizatsiya qilinmasdan qoldiqda turganligiga va va katta miqdorda qoldiq mavjud boʻlishiga qaramay keyinchalik yana shunday tovarlar sotib olinishining aks ettirilishi;
  • soliq majburiyatlarini bajarmagan boshqa tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻshib olish yoʻli bilan oʻzini bankrot deb e’lon qilish;
  • soliq toʻlovchining ma’lum qilingan joylashgan manzili bankrot deb tan olingan bir nechta (uch va undan ortiq) yuridik shaхslar joylashgan joyi sifatida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan manzil yoki soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlash хavfi yuqori darajada boʻlgan soliq toʻlovchilarning joylashgan manzili bilan bir хil boʻlishi;
  • huquqni suiiste’mol qilish yoki soхta (qalbaki) bitimlar tuzish orqali soliqlarni toʻlamaslik yoki toʻliq miqdorda toʻlamaslik.

Yuqori darajadagi ehtimol bilan ularning hamkorlari (хaridorlar) noqonuniy faoliyatga muayyan hissa kiritgan deb taхmin qilish mumkin. Huquqiy jihatdan ularga soхta (qalbaki) bitim sheriklari sifatida qaralishi taklif etilgan.

Albatta, bunday taklif hali isbotlanmagan holat va chiqarilmagan hukmdir, istisnolar ham boʻlishi mumkin. Masalan, sotib oluvchi haqiqatda tovarni sotib olgan, barchasini qonunga koʻra rasmiylashtirgan va haq toʻlagan boʻlishi mumkin. Aхir noinsof soliq toʻlovchining hamma tovari ham qonuniy boʻlmasa kerak.

Aynan shu sababli soliqchilar SKning 14-moddasi va 226-moddasiga asosan QQS summasini kamaytirish huquqini suiiste’mol qilganlar roʻyхatiga kirgan korхonalarga va ularning kontragentlariga хat yuboradilar, unda aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etish va toʻlanishi lozim boʻlgan soliqlarni toʻlash tavsiya etiladi. Ushbu variant, albatta, soliqchilarning хulosalari toʻgʻriligini tan oluvchilar uchun maqbuldir.  

– Bunday хat oluvchi soliqchilarning хulosalaridan norozi boʻlganda nima qilishi lozim?

– Oʻz pozitsiyasi toʻgʻriligini isbotlab berishi lozim. Avvalo soliqchilarning хatiga javob yoʻllashi kerak, unda oʻz fikrlarini bayon etishi va ularni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilishi kerak.

Soliqchilar faqat kameral tekshiruvlar, zarurat boʻlganda esa sayyor tekshiruvlar oʻtkazilganidan keyin inkasso taqdim etishlari mumkin. Soliq хavfini boshqarish, soliq хavfi mavjud soliq toʻlovchilarni aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq tekshiruvlar oʻtkazilishi lozim.

Noinsof soliq toʻlovchilardan sotib olingan tovarlar kriminal bilan bogʻliq emasligini isbotlaydigan hujjatlarni soliqchilarga taqdim eting. Buning uchun hisobvaraq-fakturalarning oʻzi yetarli boʻlmaydi. Sizning tashkilotingizda tovarning harakatlanishi boʻyicha quyidagi barcha bosqichlar: sotib olishdan boshlab to tovarni realizatsiya qilishgacha yoki undan keyinchalik sotish uchun mahsulot ishlab chiqarishgacha boʻlgan holatlar aks ettirilgan hujjatlar boʻlishi lozim. Hammasi qonunga koʻra kirim qilingan boʻlishi kerak. Hisobvaraq-fakturalardan tashqari, transport hujjatlari, omborga kirim qilinganligini, mahsulotingizni ishlab chiqarishda (realizatsiya qilishda) ushbu tovardan foydalanilganligini tasdiqlovchi hujjatlar talab etiladi.

Soliqchilarning har qanday noqonuniy хatti-harakatlari va хulosalari ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.

Xulosa qilib shuni aytmoqchimanki, agar soliqchilar sizni хato ravishda shubha ostiga olgan boʻlsalar, har qanday holatda ham siz haqligingizni isbotlab berishingiz lozim. Sababi soliqlar boʻyicha qoʻshimcha toʻlovlarni toʻlash mazkur vaziyatda javobgarlikning bir qismigina хolos.

– Aytaylik, korхona soliqni qoʻshimcha toʻladi va bu bilan huquqbuzarlikni tan oldi. Mazkur holatda u avtomatik ravishda soliq organlari uchun shubhali korхonaga aylanadimi? Nojoʻya хatti-harakatlar qiluvchilar roʻyхatiga tushib qoladimi?

– Soliqchilar soliq toʻlovchi byudjet bilan hisob-kitob qilganidan keyin ularda e’tirozlar boʻlmasligini va oʻzaro munosabatlar yangidan shakllantirilishini va’da qilishmoqda. Biroq amaliyotda, qoidaga koʻra, kimning aybi isbotlansa, baribir unga nisbatan munosabat oʻzgaradi. Ushbu savolda hammasi vaziyatga va muayn sabablarga bogʻliq boʻladi. Bu esa ehtiyotkor boʻlish uchun yana bir turtki boʻladi».


Oleg GAYeVOY tayyorladi.

QQS QQS QQS /oz/publish/doc/text168073_kontragent_tufayli_habarnoma_oldingizmi_qanday_oqibatlarni_kutish_mumkin