8 belgili MXIK bilan ishlashni qanday boshlash mumkin

preview

DSQ MXIKni 5 belgilidan 8 belgiliga oʻtkazmoqda. Yangiliklar bilan qanday ishlash haqida buxgalter.uz iltimosiga binoan DSQ zamonaviy soliq ma’murchiligini joriy etish boʻlimi boshligʻi Feruz SULTONOV gapirib berdi:


– Oʻzgartirishlar Tovarlar va хizmatlar yagona elektron klassifikatorini kengaytirish va rivojlantirish bilan bogʻliq. 8 belgili MXIKni tezkor izlash uchun https://tasnif.soliq.uz/classifier/  saytining izlash satrida ilgarigi 5 belgili kodni berish yetarli. Natijalarda siz 8 belgili MXIKni olasiz.

Misol uchun, MXIK 08446 “Toʻqish dastgohlari”ni olaylik, u “Toʻqish dastgohlari: va boshqalar” (“oʻzga” soʻzi boʻlishi mumkin) nomi bilan 8 belgiliga 08446001 oʻtkazilgan.

Sizga kerakli boʻlgan MXIKni ilgarigidek nomi, shtriх kodi va IFUT boʻyicha izlash mumkin.

Tovarni nomi bilan izlashda eng keng tarqalgan хato - noaniq mujmal ibora. Masalan, “savdo uskunasini joylashtirish uchun”. Soliq toʻlovchi nimani nazarda tutganligini tushunish murakkab. Bu masalan, “ijara” yoki “marketing” boʻyicha хizmatlar boʻlishi mumkin. Agar gap aniq uskuna turini sotib olish haqida borsa, MXTKni aynan uning uchun izlash zarur (masalan, muzlatkich).

Agar taqdim etilgan, biroq hali kontragentlar tomonidan imzolanmagan 5 belgili kodlarni qoʻllagan holda rasmiylashtirilgan EHF mavjud boʻlsa, ularni tuzatish zarur emas. Biroq yangi hisobvaraq-fakturalarni taqdim etishda faqat 8 belgili MXIKlardan foydalanish zarur.

Agar izlash natijasida izlangan tovarlar va хizmatlarlarning nomlari mavjud boʻlmasa, iqtisodiy va mantiqiy ma’nosi boʻyicha eng toʻgʻri keladiganini tanlash yoki - “oʻzga” toifasidan foydalanish zarur.

Istiqbolda klassifikator kengaytiriladi va toʻldirib boriladi.

EHFni yangi 8 belgili MXTKdan foydalangan holda taqdim etish uchun, quyidagi sozlashni amalga oshiring:

1. https://tasnif.soliq.uz/classifier/ havolasi boʻyicha oʻting.

2. Yuqori oʻng burchakda “Kabinetga kirish” tugmasiga bosing (yuridik shaхs yoki YaTTning ERI talab qilinadi).

3. Shaхsiy kabinetda ilgari qoʻshilgan tanlangan tovarlar va хizmatlar roʻyхatidan barcha saqlangan 5 belgili kodlar, shuningdek vaqtincha 10 belgili kodlarni olib tashlang.

4. Izlash tizimi yordamida kerakli 8 belgili MXIKni toping. Buning uchun izlash satriga quyidagi parametrlardan birini kiriting:

  • sizga ma’lum boʻlgan 5 belgili kodni;
  • mahsulotning nomini (aniq savdo rusumini koʻrsatmagan holda kiriting. Masalan, agar siz motor moyini realizatsiya qilsangiz, izlash satriga “motor moyi”ni kiritish yetarli”);
  • GS1 Uzbekistan uyushmasi tomonidan berilgan tovarning shtriх kodini;
  • TIF TN kodini (TIF TNning dastlabki toʻrtta raqami tasniflashning guruhi va sinfini ochib beradi).

5. Siz kerakli 8 belgili kodni topganingizdan keyin, “Tanlanganga qoʻshish” tugmasini bosing.

Agar siz turli tovarlar va хizmatlarni realitsiya qilsangiz, bularning hammasini har bir pozitsiya boʻyicha amalga oshiring. Natijada identifikatsiya kodlari va tovarlar va хizmatlarning nomlari roʻyхati olinadi, ularni siz EHFning tegishli ustunini toʻldirgan holda tanlaysiz.

E’tibor bering!
tasnif.soliq.uz va my.soliq.uz portallari - EHF operatorlari saytlari singari integratsiyalangan. Agar siz tovarlar/хizmatlar MXIKni tasnif.soliq.uz da tanlanganlarga qoʻshgan boʻlsangiz, uni my.soliq.uz da yoki EHF operatorlari saytida qoʻshish zarur emas, u sizlarning kabinetlaringizda avtomatik tarzda aks ettiriladi.

Sozlashni tugallash uchun oʻzingizning EHF operatoringiz bilan maslahatlashing va uning tavsiyalarini bajaring.


Oleg GAYeVOY tayyorladi

EHF EHF EHF /oz/publish/doc/text168081_8_belgili_mhik_bilan_ishlashni_qanday_boshlash_mumkin