9 oyni xatolarsiz yopamiz:
“Bank elektron toʻlovlar soat 16:50 ga qadar qabul qilinishini ma’lum qildi. Bu qonuniymi?”. Buxgalter.uz oʻquvchining savoliga Markaziy bank mutaxassislari javob berishdi:
- Markaziy bankning banklararo toʻlov tizimi orqali elektron toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizomning 22-bandiga asosan banklararo hisob-kitoblar boʻyicha ETHlarni uzatish - qabul qilish - nazorat qilish soat 9:00 dan 17-00 gacha amalga oshiriladi.
"Kunning yakunlanishi" vaqtini bankning ichki toʻlov tizimi qoidalariga muvofiq mustaqil ravishda belgilaydi
. Oʻzbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomaning 23-bandida ham shu haqda gapiriladi: “har bir bank quyida keltirilgan talablarga rioya qilgan holda, amaliyot kuni davomida mijozlarga xizmat koʻrsatish va hujjatlar aylanish tartibini mustaqil belgilaydi”.
24/7 rejimida nimani amalga oshirish mumkin
2020 yilda Markaziy bank lahzalik toʻlovlar tizimini ishga tushirdi. U real vaqt rejimida (24/7), jumladan dam olish va bayram kunlari yuridik shaxslar va YaTT (B2B) oʻrtasida banklararo pul oʻtkazmalarini, byudjet va byudjet tashkilotlariga toʻlovlarni amalga oshirish imkonini beradi.
Bugungi kunda ushbu tizimga barcha tijorat banklari ulangan. Uning ishi toʻgʻrisida qoʻshimcha ma’lumotlarni xizmat koʻrsatuvchi bankda yoki MB mutaxassislaridan olish mumkin (tel. 71-212-61-89 yoki 71-212-62-11).
Saida JONIZOQOVA tayyorladi