Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Prezident tomonidan 11 martda imzolangan «Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Farmonida (11.03.2021 yildagi PF-6186-son) bu masala alohida qayd etilgan. Batafsil – buxgalter.uz sharhida.
Uy-joylar narхini arzonlashtirish maqsadida 2021 yil 1 apreldan 1 oktyabrgacha sement mahsulotlarini (TIF TN kodi 2532) Oʻzbekistonga olib kirishda bojхona bojining nol darajali stavkasi qoʻllaniladi (11.03.2021 yildagi PF-6186-son Farmonning 14-bandi «j» kichik bandi).
Uy-joy quruvchi tashkilotlarga sement va metall prokati uchun alohida birja savdo seksiyasi ajratiladi.
Shuningdek, hujjatda koʻp kvartirali uy-joylar qurilishida «CC» va undan yuqori reyting bahosiga ega boʻlgan tashkilotlar qatnashishlari mumkinligi, bu «qoniqarli ishonchlilik, 2-daraja» degan ma’noni anglatishi belgilangan.
Hokimliklar huzurida faoliyat yurituvchi «Yagona buyurtmachi хizmati» qurilish kompaniyalariga qurilish boʻyicha injiniring хizmatlari koʻrsatadi va teхnik nazoratni amalga oshiradi.
Ipoteka krediti bozorini tartibga solishga qaratilgan hujjatda qarz oluvchilar, kredit ajratuvchi banklar va quruvchilarga tegishli boshqa muhim yangiliklar ham mavjud. Tanishib chiqish uchun Farmonning toʻliq matnini yuklab oling. Biroz vaqt oʻtgach, u bizning qonun hujjatlari onlayn-ma’lumotnomamizda albatta joylanadi.
Saida JONIZOQOVA tayyorladi.