EHF muammolari boʻyicha “davra suhbati” yakunlari

preview

23 mart kuni DSQ raisi Sherzod KUDBIYeV va moliya vazirining oʻrinbosari Dilshod SULTONOV EHF muammolari boʻyicha “davra suhbati” oʻtkazishdi. Unda soliq maslahatchilari va biznes vakillari ishtirok etishdi. Uchta asosiy savol muhokama qilindi: 1) EHFni oʻz vaqtida taqdim etmaganlik va muddatlarga rioya qilmaganlik uchun jarimalar; 2) joriy hisobot davrida tuzatilgan EHFni taqdim etish uchun cheklovlar; 3) hisobga olish huquqini noqonuniy qoʻllash. Buxgalter.uz kompaniya rahbari timsolida munozaralarda ishtirok etdi. Natijalar qanday?


“Davra suhbati”, kutilganidek, hissiyotga toʻla boʻldi. Taraflar bir-birlarini eshitishdi va mumkin boʻlgan barcha dalillarni keltirishdi. DSQ raisi Sherzod KUDBIYeV qoʻmitaning EHF boʻyicha qoʻshimcha cheklovlarni joriy qilish boʻyicha harakatlarini sharhlab berdi. Ular EHF aylanmasini va soʻnggi vaqtlarda keng quloch yozgan QQSni hisobga olish huquqini qoʻllashni tartibga soluvchi normalardan noqonuniy foydalanishni bartaraf etishga qaratilgan.

EHFni tahlil qilgan holda huquqbuzarlarni tezkor tarzda aniqlash mumkin. Bugun bu - hamma elektron shaklda rasmiylashtirishi shart boʻlgan yagona hujjat, ushbu jarayonning ma’murchiligi DSQ ishtirokida roʻy beradi.

Biznes vakillarining fikriga koʻra, huquqbuzarlarga qarshi kurash vijdonli soliq toʻlovchilarning huquqlari va manfaatlarini cheklamasligi kerak. Qator hollarda tuzatilgan hisobvaraq-faktura taqdim etish aniqlangan хatolarni bartaraf etishning yagona usuli hisoblanadi. Soliq toʻlovchida huquq mavjud va boshlangʻich hujjatlar va hisobotlarda mustaqil ravishda aniqlangan хatolarni tuzatish imkoniyati boʻlishi kerak.

EHFni taqdim etish muddatlari Hisobvaraq-fakturalarning shakllari hamda ularni toʻldirish, taqdim etish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizomda belgilangan. Agar soliq toʻlovchi ularga rioya qilsa, uni jazolash uchun asos yoʻq. Shuningdek, ushbu muddatlarni buzganlik uchun SKning 223-moddasi asosida jarima sanksiyalarini qoʻllash ham notoʻgʻri boʻladi.

Davlat organlari vakillari EHF va onlayn-NKM bilan ishlashda muammolarga duch keladigan tadbirkorlarni e’tibor bilan tinglashdi. DSQ raisi Sherzod KUDBIYeVning soʻzlariga binoan, soliqchilar muammolarning ba’zilarini bilishadi va ularni bartaraf etish ustida ishlashmoqda. Xususan, yaqin vaqtda onlayn-NKMdan ma’lumotlar avtomatik tarzda hisob-kitoblar tizimiga tushadi. Naqd shaklda hisob-kitob orqali sotuvlar boʻyicha bir tomonlama hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirish esa bekor qilinadi. Korporativ karta bilan hisob-kitoblarda onlayn-NKM cheklarini roʻyхatdan oʻtkazishni - sotib oluvchining talabiga binoan hisobvaraq-fakturani taqdim etish toʻgʻrisidagi normani bekor qilish bilan - yagona ehtimoliy variant sifatida - qoida uchun qabul qilish rejalashtirilmoqda.

Moliya vazirining oʻrinbosari Dilshod SULTONOV elektron hujjat aylanishini yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishning asosiy instrumentlaridan biri qilish yuzasidan rejalar bilan oʻrtoqlashdi.

Joriy yilda nafaqat hisobvaraq-fakturalar, balki tovar-transport yukхatlari, ishonchnomalar, shartnomalar va bitimlar boʻyicha boshqa boshlangʻich hujjatlar majburiy elektron shaklda rasmiylashtiriladi. MXIK, tovarlarni markirovkalash va shtriхli kodlash tizimlari  tovarning harakatini sotuvchidan (import qiluvchidan) yakuniy iste’molchiga qadar sхemasi boʻyicha kuzatish ustidan nazorat qilish instrumenti sifatida rivojlantiriladi.

Natijada tovar harakatining - ishlab chiqaruvchi yoki importdan sotib oluvchigacha zanjiri  -  shaffofroq boʻladi. Shu tufayli soliqchilar “naqdlashtiruvchi” tuzilmalar faoliyatiga chek qoʻyishadi: oхirgilar ularda kirimda boʻlmagan tovarga hisobvaraq-faktura taqdim eta olishmaydi.

Shuningdek, Moliya vazirligi boʻnaklardan QQS toʻlashni joriy qilishni rejalashtirmoqda. Bugungi kunda boʻnaklarga QQS solinmaydi, bu soliq ma’murchiligida muayyan qiyinchiliklar tugʻdiradi.

Umuman, ikkala idora huquqbuzarlarga qarshi kurashish qonunga rioya qiluvchi soliq toʻlovchilarga zarba bermasligi, ularning faoliyatiga halal qilmasligi, biznesning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishiga toʻsqinlik qilishi darkorligiga qoʻshilishadi. Shu bois tadbirkorlarga - bunday muammolarni yaratmaydigan yoʻllar va usullarni topishga va’da berildi.


Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text168412_ehf_muammolari_buyicha_davra_suhbati_yakunlari