9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Agar soliq inspeksiyasining xatida stavkalar xatolar bilan hisoblab chiqarilgan boʻlsa
DSI 2020 yil 30 dekabrdagi OʻRQ-659-son Qonun qabul qilinishi bilan kuchga kirgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun soliqni hisoblab chiqarish qoidalaridagi oʻzgartirishlar boʻyicha xat yoʻlladi. Unda aniq stavka sifatida xato bilan hisoblab chiqarilgan summa koʻrsatilgan. Agar barcha hisob-kitoblar SKda belgilangan qoidalar boʻyicha topshirilgan boʻlsa, bu xatga qanday munosabat bildirish lozim?
Vaziyatni buxgalter.uz iltimosiga binoan Davlat soliq qoʻmitasida tushuntirishdi:
- Yuridik shaxslardan olinadigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun soliqning miqdori SKning 429-moddasiga muvofiq hisoblab chiqariladi.
Toshkent shahri uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar boʻyicha bazaviy soliq stavkalari 1 gektar uchun (mln soʻmda) mutlaq oʻlchamda quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
- 1 zona – 208,2;
- 2 zona – 166,5;
- 3 zona – 124,9;
- 4 zona – 83,3;
- 5 zona – 41,6.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar boʻyicha soliq stavkalarining aniq miqdori tuman xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlangan koeffitsiyentlarni hisobga olgan holda belgilanadi.
Aniq stavkalar DSQning rasmiy saytida e’lon qilingan, unda amalga oshirilgan hisob-kitoblarni tekshirish mumkin (buning uchun oynada - viloyat, tuman, jismoniy shaxs yoki yuridik shaxsni tanlang - tahr. izohi).
Agar portal foydalanuvchisidan buxgalter.uz manziliga kelib tushgan xat koʻrib chiqiladigan boʻlsa - shubhasiz, uni tuzishda xatoga yoʻl qoʻyilgan.
Mirzo Ulugʻbek tumani xalq deputatlari Kengashi mahalla va iqtisodiy zonadan qat’i nazar - yuridik shaxslar uchun 1,13 miqdorda yagona koeffitsiyentni belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qilgan (26.01.2021 yildagi 12/31-2-son qaror).
Hisob-kitoblarni rasmiy hujjatlar bilan belgilangan stavkalar va koeffitsiyentlardan kelib chiqqan holda amalga oshirish zarur.
Buxgalter.uz dan:
Mirzo Ulugʻbek tuman Davlat soliq inspeksiyasining xati tushuntirish tusiga ega, unga javob berish shart emas. Biroq oʻzini ehtiyot qilish uchun inspeksiyaga javob xati yoʻllab, unda SKning 429-moddasi va xalq deputatlari Kengashi qaroriga muvofiq amalga oshirilgan hisob-kitoblaringizni aniqlashtirish mumkin.
Oleg GAYeVOY tayyorladi