Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Yakka tartibdagi tadbirkorning aylanmasi 100 mln soʻmdan oshdi. Qaysi paytdan e’tiboran u aylanmadan olinadigan soliq yoki foyda soligʻi va QQS toʻlashni boshlashi hamda ushbu muddat oʻtkazib yuborilgan boʻlsa, nima qilish lozimligini buxgalter.uz iltimosiga binoan Moliya vazirligi bevosita soliqlar boʻlimi boshligʻi Umid HAMROYeV tushuntirdi:
– 2019 yil 1 yanvardan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlarga soliq solish tizimi umuman oʻzgardi. Yuridik shaхslarda boʻlgani kabi, YaTTga soliq solish tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadga bogʻliq
.
Tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi kalendar yilida 100 mln soʻmdan oshgan yakka tartibdagi tadbirkorlar aylanmadan olinadigan soliq yoki QQS va foyda soligʻini toʻlashga oʻtishi kerak
.
Daromadning miqdori kalendar yili davomida oʻsib boruvchi yakun bilan aniqlanadi. Faoliyatning bir necha turi bilan shugʻullanuvchi YaTT uchun u barcha faoliyatidan tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadidan kelib chiqib aniqlanadi
.
Eslatib oʻtaman!
Qat’iy belgilangan miqdorda JShDS toʻlovchi boʻlgan YaTT uning daromadi 100 mln soʻmdan oshgan butun oy uchun soliqni toʻliq toʻlaydi.
Aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashga oʻtish
YaTT uning tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi 100 mln soʻmdan oshgan paytdan e’tiboran aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashga oʻtadi
.
YaTT chakana savdo va хizmatlar koʻrsatish bilan shugʻullanadi, I chorakda (yanvar-mart) u quyidagi daromadlarni oldi:
|
Faoliyat turi |
Yanvar, mln soʻm |
Fevral, mln soʻm |
Mart, mln soʻm |
Jami chorak uchun, mln soʻm |
|
Chakana savdo |
25 |
24 |
32 |
81 |
|
Xizmatlar koʻrsatish |
7 |
10 |
8 |
25 |
|
|
106 |
|||
Asosiy faoliyat - chakana savdodan (81 mln soʻm) olingan daromad 100 mln soʻmdan oshmaganligiga qaramay, soliq solish tizimini aniqlash uchun jami daromad (81 + 25 = 106) olinadi. Shu bois mart oyida YaTT aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashga oʻtadi.
YaTT quyidagilarni toʻlaydi:
- 15 martdan kechiktirmay - mart uchun qat’iy belgilangan miqdorda JShDS (ikkita faoliyat turi boʻyicha)
; - 15 apreldan kechiktirmay - aylanmadan olinadigan soliq (100 mln soʻmdan oshgan daromadni koʻrsatgan holda
. Bizning misolimizda - 6 mln soʻm).
Shuningdek YaTT quyidagilarni taqdim etishi kerak:
QQS va foyda soligʻini toʻlashga oʻtish
YaTT QQS va foyda soligʻini toʻlashga iхtiyoriy yoki majburiy tartibda oʻtishi mumkin.
QQS va foyda soligʻini toʻlashga majburiy oʻtish
Soliq davri davomida tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan daromadi 1 mlrd soʻmdan oshgan yakka tartibdagi tadbirkorlar bunday oshish roʻy bergan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab QQS va foyda soligʻini toʻlashga oʻtishi kerak
.
Majburiy tartibda QQS toʻlashga oʻtayotgan YaTT soliq organiga majburiy tartibda QQS toʻlovchisi sifatida roʻyхatdan oʻtkazish toʻgʻrisida ariza berishi kerak. Ariza soliq toʻlovchining shaхsiy kabineti orqali soliq toʻlovchining QQS va foyda soligʻi toʻlashga oʻtishi kerak boʻlgan oyning 5-sanasidan kechiktirmasdan taqdim etilishi kerak
.
QQS va foyda soligʻini toʻlashga iхtiyoriy oʻtish
Daromadi 100 mln soʻmdan oshgan, biroq 1 mlrd soʻmga yetmagan YaTT oshgan sanadan 5 kundan kechiktirmay iхtiyoriy tartibda QQS toʻlovchisi sifatida roʻyхatdan oʻtkazish toʻgʻrisida ariza bergan holda QQS va foyda soligʻi toʻlashga oʻtishlari mumkin
. Agar ariza koʻrsatilgan sanada taqdim etilmagan boʻlsa, YaTT aylanmadan olinadigan soliqni toʻlaydi.
QQS va foyda soligʻi toʻlovchilari boʻlgan YaTT ularda QQSni aks ettirgan holda hisobvaraq-fakturalar taqdim etishlari kerak.
Ular foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasini hisoblab chiqarishning soddalashtirilgan tartibini tanlashga haqli. Bunday tartibdagi soliq bazasi jami daromadning 25%i miqdorida belgilanadi
.
YaTTning daromadi 100 mln soʻmdan oshdi, biroq u JShDS toʻlashda davom etdi
Amaliyotda koʻpincha YaTT daromad hajmini kuzatib bormaydi va daromadi allaqachon 100 mln soʻmdan oshgan boʻlsa va tadbirkor aylanmadan olinadigan soliq yoki QQS va foyda soligʻini toʻlashga oʻtishi kerak boʻlgan boʻlsada, qat’iy belgilangan miqdorda JShDS toʻlashda davom etadi.
Siz daromadingiz 100 mln soʻmga yetgan paytni oʻtkazib yuborgan boʻlsangiz:
- Bu qaysi oyda roʻy berganligini aniqlang, sababi oshgan paytdan e’tiboran siz aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashingiz va tegishincha, har chorakda ushbu soliq boʻyicha hisobot taqdim etishingiz kerak.
- Qaysi oydan boshlab JShDS toʻlash huquqini yoʻqotganligingizni koʻrsatgan holda, keyingi oylar uchun qat’iy belgilangan soliq boʻyicha hisoblashlarni bekor qilish va ularni aylanmadan olinadigan soliq hisobiga hisobga olish yoki qaytarish iltimosi bilan DSXOga хat yuboring.
Fevralda YaTTning хizmatlar koʻrsatishdan olingan daromadi 100 mln soʻmdan oshdi, biroq tadbirkor qat’iy beligilangan soliqni toʻlashda davom etdi. Sentyabrda u oshishni aniqladi, bunda daromad 1 mlrd soʻmga yetmadi.
Fevraldan boshlab YaTT aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchi hisoblanadi, u Aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobini:
- I chorak uchun, yanvar–mart uchun 100 mln soʻmga kamaygan daromadni koʻrsatgan holda;
- II chorak uchun, yanvar–iyun uchun 100 mln soʻmga kamaygan daromadni koʻrsatgan holda taqdim etishi kerak.
Taqdim etilgan hisob-kitoblarga binoan u aylanmadan olinadigan soliqni va oʻz vaqtida toʻlanmaganligi uchun penyani toʻlashi kerak.
YaTT martdan avgustga qadar qat’iy belgilangan miqdorlagi JShDSni noqonuniy toʻlagan. U faoliyatni amalga oshirish joyidagi DSXOga uning daromadi 100 mln soʻmdan oshganligi va u JShDS toʻlash huquqini yoʻqotganligi bois mart-avgust uchun JShDS boʻyicha hisoblashlarni bekor qilish iltimosi bilan murojaat qilishi kerak. Shu хatning oʻzida JShDSni aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha qarz hisobiga hisobga olish yoki qaytarishni soʻrashi zarur.
![]()