Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
1 aprel kuni kechqurun DSQ EHF boʻyicha yangi qarorni e’lon qildi. Uning asosiy jihatlarini ajratib koʻrsatgan holda deyarli soʻzma-soʻz keltiramiz:
Soliq organlari va soliq toʻlovchilar oʻrtasidagi munosabatlarda inson omilini cheklab, biznesda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida onlayn-NKMlardan foydalanuvchi soliq toʻlovchilar uchun QQS va aylanmadan olinadigan soliq hisobotlarining ayrim koʻrsatkichlarini avtomatik shakllantirish tartibi joriy etildi.
Soliq hisobotlarida (QQS va aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha) mart oyida realizatsiya qilingan tovarlar summasi onlayn-NKM va virtual kassa ma’lumotlari boʻyicha shakllantiriladi.
Shu sababli, 2021 yilning mart oyidan onlayn-NKM va virtual kassadan foydalanayotgan soliq toʻlovchilar naqd pul va (yoki) bank plastik kartalari orqali amalga oshirilgan hisob-kitoblar uchun bir tomonlama EHF shakllantirishi talab etilmaydi.
Hisob-kitoblar - naqd pulda (onlayn-NKM orqali) va (yoki) naqd pulsiz shaklda (bank plastik (korporativ) kartalari orqali) - QQS (5-ilova 6,7-ustunlari) va aylanmadan olinadigan soliq (1-ilova 010-satri) boʻyicha avtomatik shakllanadi.
2021 yilning yanvar va fevral oylari uchun naqd pulda va (yoki) bank plastik kartalari orqali amalga oshirilgan hisob-kitoblar avvalgidek - bir tomonlama shakllantirilgan EHF orqali jamlanadi.
Fiskal хotirali NKM (oddiy, onlayn emas) orqali naqd pulda va toʻlov terminali orqali plastik kartalari yordamida amalga oshirilgan hisob-kitoblar boʻyicha bir tomonlama EHF shakllantirish shart.
Agar korporativ karta orqali aylanma boʻyicha EHFni shakllantirishda sotish summasi ikki marta koʻpaysa, tovar aylanmasiga kamayishga bir tomonlama EHF shakllantirish yoʻli bilan tuzatish kiritish lozim.
