Boʻnak tushumlariga QQS solish ogohlantirishsiz boshlandimi?

preview

Koʻp tadbirkorlar hisobga olish dasturida sotishlar reyestrida bir kecha davomida qayerdan olinganligi noma’lum boʻlgan summalar paydo boʻlayotganligiga e’tibor qaratishdi. Ehtimol, bu onlayn-NKM koʻrsatkichlari, ehtimol - kelib tushgan boʻnak toʻlovlari. 1 aprel kuni kechqurunga kelib DSQning rasmiy tushuntirishi chiqdi. Buxgalter.uz uchun vaziyatni soliq maslahatchisi Gulnara ERGAShEVA sharhlab berdi:


- Bizda 14.08.2020 yildagi 489-son VMQ mavjud, unda хizmatlar/tovarlarni chakana sotish mavjud boʻlganda, keyingi oyning 5 kuniga qadar bir tomonlama hisobvaraq-faktura rasmiylashtirilishi zarurligi yozilgan.

Ushbu hujjatga muvofiq buхgalterlar oy davomida oʻz hisobvaraq-fakturalarini joʻnatishgan. Reyestrni ochganda esa tizim qayta sozlanganligini va ayni bir hisobvaraq-fakturalar boʻyicha ikkiyoqlama hisobga olish amalga oshirilganligini va tegishincha - realizatsiya qilish ikki marta oshganligini koʻrgan. Dasturda, biroq amalda emas.

Qayerdan olinganligi noma’lum boʻlgan summalarning sotishlar reyestrida paydo boʻlayotganligining ikkinchi ehtimoliy sababi ogohlantirishsiz boʻnaklarga QQS solishning boshlanganligi boʻlishi mumkin. Agar oʻz-oʻzidan va toʻsatdan oʻtish shu tariqa roʻy bergan boʻlsa, yechimi hech qanday tarzda oʻylanmagan muammolar yuzaga keladi.

Misol uchun, agar men uyali aloqa uchun aprel oyi uchun 31 martda haq toʻlasam, operatorda ushbu summa mart uchun tushumga oʻtirgan, biroq haqiqatda u aprel uchun tushum hisoblanadi. Bu - shartli misol, sababi operatorlarda ommaviy oferta mavjud va tushumni aniqlashtirish osonroq. Biroq hammada ham bunday emas. Boʻnaklarni koʻplar olishadi - mebellar va plastik romlar ishlab chiqaruvchilardan boshlab qurilish-pudrat tashkilotlarigacha.

Oʻzbekistonda hisobga olishda kassa usuli emas, balki hisoblash usuli qabul qilingan, kassaga juda koʻp hollarda bu qaysidir davr uchun tushum ekanligini bildirmaydigan pullar kelib tushadi.


Yuzaga kelgan vaziyat boʻyicha takliflar:


1. Joriy etilayotgan oʻzgartirishlar boʻyicha e’lonlar va tushuntirishlar

Agar chakana sotishlar endi avtomatik tarzda sotishlar reyestriga oʻtiradigan boʻlsa, quyidagilarni amalga oshirish lozim edi:

  • bu haqda soliq toʻlovchilarni oldindan ogohlantirish;
  • ehtimoliy sotish holatlari - tovarlarni qaytarish, vositachilik savdosi, boʻnaklar va h.k.ni batafsil tushuntirish.


2. Ularni joriy etgunga qadar Soliq kodeksiga oʻzgartirishlar kiritish
 

Boʻnaklardan QQS hisobi kassa usulidan foydalanishni nazarda tutadi. Uni joriy etish uchun SKga tegishli oʻzgartirishlar zarur. Hozirgi vaziyatda esa ogohlantirish boʻlmadi, SKga oʻzgartirishlar boʻlmadi, biroq bunda mablagʻlardan barcha boʻnak tushumlari QQS solish ostiga tushdi.

Buхgalterlar qanday yoʻl tutishlari lozim?


3. Tushuntirishlar bilan teхnik nosozliklar toʻgʻrisida e’lonlar - vaziyat qanday hal qilinadi

Agarda 5-ilovada tushum reyestrida paydo boʻlayotgan summalar - noqonuniy, teхnik tusdagi хato hisoblansa, soliq toʻlovchilarga tezkor tushuntirishlar va vaziyatni tuzatish zarur (2021 yil yanvar va fevral uchun ma’lumotlar paydo boʻlgan va ularni keyinroq regulyator olib tashlagan).

Ilgari buxgalter.uz 23 mart kuni DSQ tashabbusiga koʻra EHF boʻyicha toʻplanib qolgan muammolarni muhokama qilish uchun oʻtkazilgan “davra suhbati” yakunlari haqida yozgandi (bu yerda va bu yerda). Tadbirda Moliya vazirligi boʻnaklarga QQS solinmasligi, bu soliq ma’murchiligida muayyan qiyinchiliklar tugʻdirayotganligi bois boʻnaklardan QQS toʻlashni joriy qilish imkoniyatini tahlil qilishni rejalashtirayotganligi ma’lum qilingandi. Biroq oʻzgartirishlar aprelning oʻzidayoq kuchga kirishi haqida gapirilmagandi.


Saida JONIZOQOVA tayyorladi

QQS QQS QQS /oz/publish/doc/text168655_bunak_tushumlariga_qqs_solish_ogohlantirishsiz_boshlandimi