DSQ kontaktsiz toʻlovlarda cheklarni berish yoki bermaslikni tushuntirdi

preview

DSQning bir tomonlama EHF boʻyicha qarori talay savollar tugʻdirdi. Misol uchun - kontaktsiz toʻlovlarda qanday yoʻl tutish zarur? DSQ ushbu borada tushuntirish berdi:


- 23.11.2019 yildagi “Onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimi qoʻllanilishini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 943-son VMQga 1-ilovaning 2-bandiga muvofiq, belgilanishicha:

  • hisob-kitob - sotilgan tovarlar (bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar) uchun naqd pul va (yoki) elektron toʻlov vositalaridan foydalangan holda mablagʻlarni qabul qilish yoki toʻlash haqidagi ma’lumot;
  • kassa cheki - foydalanuvchi va xaridor (mijoz) oʻrtasida sotilgan tovarlar (bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar) uchun hisob-kitoblarni amalga oshirishdagi onlayn-NKM yoki virtual kassada amaldagi qonun xujjatlariga muvofiq shakllantirilgan va elektron shaklda yoki qogʻozda chop etilgan, hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan, uni amalga oshirish faktini tasdiqlovchi birlamchi hisob hujjati.

Bunda 943-son VMQga 2-ilovaning 6-bandida belgilanishicha, tovarlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmatlarni koʻrsatishni elektron tijorat orqali amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub’yektlari fiskal ma’lumotlarni operatorga uzatishni DSQ tomonidan ishlab chiqilgan virtual kassa dasturiy mahsuloti orqali amalga oshirishga ruxsat berilgan (norma 2021 yil 1 martdan kuchga kirdi).

Yuqorida aytilganlarga asosan onlayn-NKM yoki virtual kassaga oʻtgan tadbirkorlik sub’yektlari toʻlovlarni elektron toʻlov vositalari orqali qabul qilgan taqdirda xaridorga onlayn-NKM yoki virtual kassa chekini berishlari kerak.

Shuningdek, DSQ nazorat-kassa texnikasining va (yoki) hisob-kitob terminallarining qoʻllanilishi majburiy boʻlgani holda, ularni qoʻllamasdan savdoni amalga oshirganlik va (yoki) xizmatlar koʻrsatganlik, shuningdek sotib oluvchiga kvitansiyalar yozib berish, talonlarni, cheklarni yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlarni berish majburiy boʻlgani holda bunday hujjatlarni bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar koʻrsatganlik, shuningdek hisob-kitob terminallari orqali toʻlovlarni qabul qilishni rad etganlik 5 mln soʻm miqdorida jarima solishga sabab boʻlishini eslatib oʻtdi.

Manbaga qarang.


Naqdsiz hisob-kitob Naqdsiz hisob-kitob Naqdsiz hisob-kitob /oz/publish/doc/text168656_dsq_kontaktsiz_tulovlarda_cheklarni_berish_eki_bermaslikni_tushuntirdi