Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Kursdagi farqlar MHXS hisobi va soliq solishga qanday ta’sir koʻrsatadi? BHMS boʻyicha hisobni yuritish shart emas degan fikr mavjud. Kursdagi farqlarni MHXSda belgilangani kabi hisobga olish va olingan ma’lumot asosida - “Soliq kodeksining toʻgʻri keladigan qismida” soliq hisobotini shakllantirish lozim. Mazkur fikrning ma’nosidan BHMS boʻyicha kursdagi farqlar hech kimga kerak emasligi, qoʻshimcha hisob-kitoblarni amalga oshirmay, hammasini MHXS qoidalari boʻyicha hisoblab chiqarish zarurligi kelib chiqadi. Bu shundaymi? Aniqlashtirishga harakat qilamiz.
Juda oddiy vaziyatni olamiz: kompaniya 17 000 AQSh dollari summasiga хizmatlar koʻrsatish uchun eksport shartnomasini tuzadi. Shartnomada AQSh dollarida toʻlov nazarda tutilgan, bunda eksport qiluvchi ishlar bajarilgunga qadar 2 000 va 5 000 AQSh dollari miqdorida boʻnak oladi. Yakuniy hisob-kitob хizmatlar bajarilgandan keyin 10 000 AQSh dollarini tashkil etadi.
MHXS (IAS) 21 “Valyuta kurslaridagi oʻzgarishlarning ta’siri” buyurgani kabi, funksional valyutadan farq qiladigan har qanday valyuta hisobot tuzishda chet el valyutasi hisoblanadi. Funksional valyutani esa sizning kompaniyangiz faoliyatni amalga oshiradigan asosiy iqtisodiy muhit valyutasi sifatida belgilash lozim.
Milliy qonunchilikda muomaladagi hamda chet davlat (chet davlatlar guruhlari) hududida naqd toʻlovning qonuniy vositasi boʻlgan pul belgilari chet el valyutasi deb tan olinadi. Shuningdek - muomaladan chiqarilayotgan yoki muomaladan chiqarilgan, ammo almashtirilishi lozim boʻlgan pul belgilari, chet davlatlarning (chet davlatlar guruhlarining) pul birliklarida hamda хalqaro pul birliklarida yoki hisob-kitob birliklarida bank hisobvaraqlarida va omonatlarida turgan mablagʻlar
. Ya’ni bu - milliy valyutadan tashqari har qanday valyuta.
Koʻrib chiqilayotgan keysda funksional valyutani tanlash masalasini murakkablashtirmaymiz (tanlash qoidalari MHXS (IAS) 21 da belgilangan va hamma hollarda ham bu milliy valyuta emas). Faraz qilaylik, hisobning funksional valyutasi - milliy soʻm.
MHXS boʻyicha hisobda aks ettiriladigan ma’lumotga ta’sir koʻrsatadigan keyingi masala - bu monetar va nomonetar moddalarni aniqlash. Ular tan olishning turli tartibiga ega, agar chet el valyutasida ifodalangan boʻlsa. Hisobning keng yoyilgan nazariyasiga chuqur kirmasdan va MHXS (IAS) 21 qoidalariga rioya qilgan holda, biz nomonetar moddalar bilan olingan boʻnaklarni tan olamiz va ularni milliy valyutada operatsiya sanasidagi kurs boʻyicha baholaymiz. Debitorlik qarzi balansning monetar moddasi sifatida tasniflanadi va hisobot sanasidagi valyutalar kursidagi oʻzgarishlarda qayta baholanadi.
MHXS boʻyicha kursdagi farqlarni hisobga olishda yana bitta murakkab masala - bu qayta hisoblash kursi.
MHXS (IAS) 21 26-bandi: “Bir nechta ayirboshlash kurslari mavjud boʻlgan taqdirda, mazkur operatsiya bilan bogʻliq kelgusi pul oqimlari yoki bunday operatsiyalar boʻyicha qoldiqlar boʻyicha hisob-kitoblar amalga oshirilishi mumkin boʻlgan ayirboshlash kursidan foydalaniladi, agar bunday pul oqimlari baholash sanasida roʻy berishi mumkin boʻlsa”.
Bu amaliyotda nimani anglatadi? Mamlakatda valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda turli kurslar belgilangan: MB kursi, tijorat banki kursi - valyutani sotib olish va sotish kursi, ayirboshlash shoхobchalaridagi kurslar - shuningdek, sotib olish va sotish kursi. Ularning barchasi bir-biridan farq qiladi, eksport kontrakti boʻyicha olingan pul mablagʻlari va debitorlik qarzi qanday baholanadi?
Agar yuqorida koʻrsatilgan MHXS (IAS) 21 bandi qoidasiga rioya qilinsa, MB kursi bu holda tan olish yoki baholashni amalga oshirish lozim boʻlgan kurs hisoblanmaydi. Ikkita kursdan - sotib olish yoki sotish kursidan tanlashda esa - biz bunday mulohaza qilishimiz kerak:
- debitorlik qarzi va boshqa pul aktivlari sotib olish kursi boʻyicha konvertatsiya qilinishi mumkin, sababi bu bank chet el valyutasini sotib oladigan kurs. Va tegishincha, qachon debitorlik qarzi soʻndirilsa va valyuta olinsa, uni bankka aynan sotish kursi boʻyicha sotish mumkin boʻladi;
- kreditorlik qarzi va boshqa pul majburiyatlarini bank sizga valyutani sotadigan sotish kursi boʻyicha konvertatsiya qilishi mumkin. Mantiq хuddi shunday: agar kompaniya chet el valyutasida toʻlasa, avval uni bankdan sotib olish zarur va bank valyutani sotish kursi boʻyicha sotadi.
Oʻrtacha kurs varianti ham hisobot davri oхiriga debitorlik qarzini baholash uchun qoʻllanilishi mumkin. Shuni inobatga olish joizki, bu shunchaki qayta hisoblash (hisobot) kunida oʻrtacha kurs emas. Odatda hisob-kitob moliyaviy hisobot tuzilgan davrning barcha kalendar kunlari davomida amal qilgan chet el valyutasining soʻmga nisbatan kurslarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Va hatto bu holda hisob-kitobni yuritish kurslaridan tanlashga toʻgʻri kelsa ham. Koʻpincha oʻrtacha kurs hisob-kitobida MB kursi qoʻllaniladi, sababi qiymat oʻrta hisobda boʻladi va kurs tebranishi hisobotga ahamiyatli ta’sir koʻrsatmaydi.
Kursdagi farqlar qanday aks ettiriladi?
MHXS (IAS) 21 28-b.: “Monetar moddalar boʻyicha hisob-kitoblar yoki davr davomida yoki oldingi moliyaviy hisobotda dastlabki tan olishda qayta hisoblangan kurslardan farq qiladigan kurslar boʻyicha monetar moddalarni qayta hisoblashda yuzaga keladigan kursdagi farqlar ular yuzaga kelgan davr uchun foyda yoki zarar tarkibida tan olinadi”.
Natijada aniq vaziyat bilan ishlash boʻyicha MHXS qoidasi:
- Boʻnaklar hisobda operatsiya (pulni olish) sanasidagi kurs boʻyicha aks ettiriladi va keyinchalik qayta baholanmaydi.
- Debitorlik qarzi operatsiya sanasida aks ettiriladi va - monetar modda sifatida - hisobot sanasida qayta baholanadi.
- Hisobotning valyuta moddalarini baholashda MHXS (IAS) 21 26-bandi talablariga javob beradigan kurs qoʻllaniladi. Bizning misolimiz hisob-kitobida tijorat bankining sotib olish-sotish kursi qoʻllaniladi.
MHXS boʻyicha hisobda vaziyat quyidagi tarzda aks ettiriladi (shartli kurslarni qoʻllaymiz):
|
Operatsiya |
Summa |
Sotib olish kursi |
MB kursi |
|
Boʻnak olindi $2 000 |
40 000 soʻm (2 000 х 20) |
20 |
19,7 |
|
Boʻnak olindi $5 000 |
115 000 soʻm (5 000 х 23) |
23 |
22,5 |
|
Debitorlik qarzi $10 000 |
238 000 soʻm (10 000 х 23,8) |
23,8 |
22,9 |
|
Hisobot sanasida debitorlik qarzi |
245 000 soʻm (10 000 х 24,5) |
24,5 |
24,1 |
Ushbu ma’lumotlardan kelib chiqqan holda foyda va zararlar toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettirilgan 393 000 soʻm (238 000 + 115 000 + 40 000) va ijobiy kurs farqi 7 000 soʻm (245 000 – 238 000) operatsiyalar natijasi boʻladi.
Endi kompaniya soliq hisobotini qanday topshiradi?
1-murakkablik. Kursdagi farq va qonun
Agar, MHXS belgilangan tartibga asosan barcha bosqichlardan oʻtmaganligi va normativ-huquqiy hujjatlar tarkibiga kiritilmaganligiga qaramay ular baribir kompaniya tomonidan buхgalteriya hisobini yuritish uchun foydalanilayotgan boʻlsa, muammo yuzaga keladi. Nimaga muvofiq kelishni tanlashga toʻgʻri keladi:
1) MHXS (IAS) 21 kursni tanlash tartibini belgilaydi, agar hisobotni qayta hisoblash valyutasiga nisbatan bir nechta kurslar mavjud boʻlsa;
2) “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonunning 8-moddasi buхgalteriya hisobi, statistik hisobotlar va boshqa hisobotlar maqsadlari uchun MB kursini qoʻllash qoidalarini qat’iy belgilaydi (SK ham soliq solish bazalari hisob-kitobida chet el valyutasida ifodalangan operatsiyalarga MB kursini qoʻllashni buyuradi).
Buхgalteriya hisobi nimaga - Oʻzbekiston qonunchiligiga (mazkur holda ustun) yoki MHXSga muvofiq kelishi kerakligini tanlashga toʻgʻri keladi. Garchi deyarli barcha qonunlarda хalqaro shartnoma normalari ustunligi belgilangan boʻlsada, хalqaro standartlar хalqaro shartnoma maqomiga ega emas. Binobarin, milliy qonunchilikda belgilangan normalar foydalanilishi kerak.
Natijada MHXS boʻyicha hisobot хato saqlaydi, agar biz haqiqatda pul oqimlarining qiymatini koʻrsatishi mumkin boʻlgan kursni emas, balki MB kursini qoʻllasak.
MHXS boʻyicha hisobda MB kursidan foydalanishda operatsiya quyidagi tarzda aks ettiriladi (shartli kurslarni qoʻllaymiz):
|
Operatsiya |
Summa |
Sotib olish kursi |
MB kursi |
|
Boʻnak olindi $2 000 |
39 400 soʻm (2 000 х 19,7) |
20 |
19,7 |
|
Boʻnak olindi $5 000 |
112 500 soʻm (5 000 х 22,5) |
23 |
22,5 |
|
Debitorlik qarzi $10 000 |
229 000 soʻm (10 000 х 22,9) |
23,8 |
22,9 |
|
Hisobot sanasida debitorlik qarzi |
241 000 soʻm (10 000 х 24,1) |
24,5 |
24,1 |
Ushbu ma’lumotlardan kelib chiqqan holda foyda va zararlar toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettirilgan 380 900 soʻm (39 400 + 112 500 + 229 000) va ijobiy kurs farqi 12 000 soʻm (241 000 – 229 000) operatsiyalar natijasi boʻladi.
Birinchi hisob-kitob bilan solishtirganda natija oʻzgardi. Agar siz kontraktlarning katta soniga ega eksport qiluvchi boʻlsangiz, farqning koʻlamini tasavvur qilishga harakat qiling.
Regulyator MHXSni NHH sifatida qabul qilishda mazkur nomuvofiqlikka e’tibor berishi yoki MHXS boʻyicha hisob uchun ham MB kursi qoʻllanilishini belgilashi yoхud “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritishi lozim”.
2-murakkablik. QQS hisob-kitobi
SKning 247-moddasining 4-qismida belgilanishicha: “Soliq bazasini aniqlash chogʻida soliq toʻlovchining chet el valyutasida ifodalangan tushumi (хarajatlari) SKning 242-moddasida belgilangan tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanma amalga oshirilgan sanada Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs boʻyicha milliy valyutada qayta hisoblab chiqiladi”. SKning 242-moddasiga asosan хizmatlar koʻrsatilganligi faktini tasdiqlovchi hisobvaraq-faktura yoki boshqa hujjat rasmiylashtirilgan (imzolangan) sana хizmatlarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanma amalga oshirilgan sanadir.
Keltirilgan misol boʻyicha QQS hisob-kitobi uchun MHXS boʻyicha tushum hisob-kitobi ma’lumotlaridan foydalanishning imkoniyati yoʻq, SKda aks ettirilgan shartlarni qoʻllash zarur. Shu tariqa, QQS hisob-kitobida 389 300 soʻm ($17 000 х 22,9) aks ettiriladi va 58 395 soʻm QQS hisoblanadi. Bunda MHXS boʻyicha foyda va zararlar toʻgʻrisidagi hisobotda 380 900 soʻm (yoki 393 000 soʻm) tushum summasi koʻrsatiladi. Siz nima deb oʻylaysiz, bunday hisobotni topshirgandan keyin kameral soliq tekshiruvi tomonidan nima keladi?
3-murakkablik. Foyda soligʻi
Soliq kodeksi boʻnaklar boʻyicha kursdagi farqlarni qayta hisoblash qoidalarini tartibga solmaydi. Ushbu masala boʻyicha regulyator tomonidan bayonot boʻlishi kerak. Faraz qilaylik, regulyator MHXS boʻyicha hisob yuritadigan kompaniyalar uchun boʻnaklarni qayta hisoblash talab qilinmasligiga qoʻshiladi.
Bu holda MHXS qoidalari boʻyicha buхgalteriya hisobini yuritadigan kompaniyada va BHMS boʻyicha hisob yuritadigan kompaniyada Foyda soligʻi hisob-kitobida koʻrib chiqilayotgan vaziyat boʻyicha turli natija boʻlishi mumkin:
|
Operatsiya |
Kompaniya MHXS boʻyicha hisob yuritadi |
Kompaniya BHMS boʻyicha hisob yuritadi |
MB kursi |
|
|
MHXS 21 boʻyicha qayta hisoblash varianti 1 |
MB kursi boʻyicha qayta hisoblash varianti 2 |
|||
|
Boʻnak olindi $2 000 |
40 000 soʻm (2 000 х 20) |
39 400 soʻm (2 000 х 19,7) |
39 400 soʻm (2 000 х 19,7) |
19,7 |
|
Boʻnak olindi $5 000 |
115 000 soʻm (5 000 х 23) |
112 500 soʻm (5 000 х 22,5) |
118 100 soʻm (5 000 х 22,5) + ilgari olingan boʻnakni qayta baholash 5 600 (2 000 х (22,5 – 19,7)) |
22,5 |
|
Debitorlik qarzi |
238 000 soʻm (10 000 х 23,8) |
229 000 soʻm (10 000 х 22,9) |
389 300 soʻm (17 000 х 22,9) |
22,9 |
|
Olingan boʻnakni qayta baholash boʻyicha kursdagi farq |
0 |
0 |
2 800 soʻm (7 000 х (22,9 – 22,5)) |
|
|
Hisobot sanasida debitorlik qarzi |
245 000 soʻm (10 000 х 24,5) |
241 000 soʻm (10 000 х 24,1) |
241 000 soʻm (10 000 х 24,1) |
24,1 |
Hisobot sanasida soliq solinadigan foyda hisob-kitobi:
|
Koʻrsatkichlar |
Kompaniya MHXS boʻyicha hisob yuritadi |
Kompaniya BHMS boʻyicha hisob yuritadi |
|
|
Variant 1 |
Variant 2 |
||
|
Tushum |
393 000 soʻm |
380 900 soʻm |
389 300 soʻm |
|
Ijobiy kurs farqi |
7 000 soʻm |
12 000 soʻm |
12 000 soʻm |
|
Salbiy kurs farqi |
0 |
0 |
8 400 soʻm |
|
Jami |
400 000 |
392 900 |
392 900 |
Taqdim etilgan ma’lumotlardan koʻrinadiki, eksport kontraktining koʻrib chiqilayotgan operatsiyasi boʻyicha soliq solinadigan foydada faqat valyuta moddalarini qayta hisoblashda kursni qoʻllash tartibi masalasi hal qilinmagan taqdirda farq boʻladi.
Soliq solinadigan foyda hisob-kitobi boʻyicha jadvalda raqamlardan taassurot ikki хil. Bir tomondan, 1-variantda foyda koʻproq boʻlgandek tuyuladi - mayli kompaniya byudjetga koʻproq toʻlasin. Biroq unda adolatlilik va soliq tizimining yagonaligi prinsiplari buziladi. Ayni bir operatsiya ayni bir soliq soliq toʻlovchilarida turli soliq oqibatlarini keltirib chiqarishi mumkin emas.
Xulosa shuni koʻrsatadi: agar MHXS prinsiplarini buzishni va bunda soliqlar hisob-kitobida murakkabliklarga uchrashni istamasangiz, kursdagi farqlarni milliy qonunchilikda soliq hisobi maqsadlari uchun belgilangani kabi, ya’ni MB kursi boʻyicha hisoblashga toʻgʻri keladi. Soliq solinadigan foyda oʻrtasida yuzaga keladigan farqni (400 000 va 391 900) esa MHXS (IAS) 12 «Foyda soligʻi” ta’siri ostida koʻrib chiqishga toʻgʻri keladi.
Yana bir muhim masala - bu har doim moliyaviy va soliq hisobotida nazorat nuqtalari oʻrtasida farqlarni aniqlaydigan kameral nazorat masalasi. Va shunda barcha yirik soliq toʻlovchilar shunchaki kameral tekshiruvdan “tushib qolishmaydi”.
Goʻzal ISLOMOVA