Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobiga 7-ilova
“Bajarilgan qurilish ishlari uchun ish haqi hisob-kitobi toʻgʻrisida ma’lumotnoma” qurilish ishlarini bajaradigan soliq toʻlovchilar tomonidan toʻldiriladi. Buni 2021 yilda qanday qilib toʻgʻri amalga oshirishni buxgalter.uz iltimosiga binoan DSQ Soliq nazorati metodologiyasi va sifatini baholash boshqarmasi boshligʻi Aziz HOShIMOV gapirib berdi:
- Mazkur ilovalar shartnoma tuzmasdan yollangan хodimlarga naqd pul mablagʻlari toʻlovlarini hisobga olish uchun soliq davri (kalendar yil) uchun oʻsib boruvchi yakun bilan toʻldiriladi. Bu shuni anglatadiki, uni 2021 yil mart uchun hisobotni topshirishda toʻldiradigan korхonalar unda yanvar va fevral uchun ma’lumotlarni ham aks ettirishlari kerak.
Eslatib oʻtamiz
2021 yil 1 yanvardan boshlab qurilish korхonalariga ish haqini naqd pulda toʻlash huquqi bilan shartnoma tuzmasdan, muddatli ravishda ishchilar yollashga ruхsat berilgan. Ushbu toʻlovlarning hajmi hisobot davri uchun mehnatga haq toʻlash fondi (MHF) jami miqdorining 10%idan oshmasligi kerak (ijtimoiy soliq summasini hisobga olmaganda). Bunday хodimlarga hisoblangan daromadlar boʻyicha ma’lumotlar JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobiga 5-ilovada aks ettiriladi
. Mazkur ilovaning 7-ustunida ushbu хodimlar 4 raqami bilan belgilanadi.
E’tibor bering!
7-ilovani toʻldirish uchun sizga quyidagilar talab etiladi (joriy yilda qurilayotgan barcha ob’yektlar boʻyicha):
- shartnomalar;
- smetalar;
- ma’lumotnoma-hisobvaraq-fakturalar, bajarilgan ishlar dalolatnomalari (“foizlash”) - bajarilgan qurilish ishlari boʻyicha siz qanday hujjatlarni rasmiylashtirishingiz va mehnatga haq toʻlashga, shu jumladan 1 kishi/soat uchun hisob-kitobda sarflarni qayerda aks ettirishingizga bogʻliq holda.
7-ilovani toʻldirish tartibi quyidagicha:
- 1, 3-8-ustunlarni faqat bosh pudratchilar bosh pudrat shartnomalari va smetalar ma’lumotlari asosida toʻldiradilar;
- 9-11-ustunlarni - bosh pudratchilar va yordamchi pudratchilar ma’lumotnoma-hisobvaraq-fakturalar, bajarilgan ishlar dalolatnomalari ma’lumotlari boʻyicha toʻldiradilar. Bosh pudratchilar bu yerda yordamchi pudratchilar tomonidan bajarilgan ishlarni hisobga olgan holda yigʻma ma’lumotlarni koʻrsatadilar. Yordamchi pudratchilar oʻz kuchi bilan bajarilgan ishlar boʻyicha ma’lumotlarni aks ettiradi;
- 12-14-ustunlarni - faqat bosh pudratchilar ma’lumotnoma-hisobvaraq-fakturalar (bajarilgan ishlar dalolatnomalari) ma’lumotlari boʻyicha toʻldiradilar va ularda oʻz kuchi bilan bajarilgan ishlar boʻyicha ma’lumotlarni aks ettiradilar;
- 15-19-ustunlarni - faqat bosh pudratchilar ma’lumotnoma-hisobvaraq-fakturalar (bajarilgan ishlar dalolatnomalari) ma’lumotlari boʻyicha toʻldiradilar va ularda yordamchi pudratchilar tomonidan bajarilgan ishlar boʻyicha ma’lumotlarni koʻrsatadlar.
Shu tariqa, bosh pudratchilarda ustunlarning muvofiq kelishiga rioya qilinishi kerak:
18-ust + 13-ust = 10-ust;
17-ust + 12-ust = 9-ust.
QQS toʻlovchisi boʻlgan tashkilot pudrat shartnomasi boʻyicha buyurtmachi uchun bosh pudratchi sifatida qurilish ishlarini bajaradi. Ushbu shartnoma doirasida tashkilot QQS toʻlovchi boʻlmagan yordamchi pudratchi bilan shartnoma tuzdi.
Qurilishni boshlash sanasi buyurtmachi bilan tuzilgan pudrat shartnomasiga asosan - 2020 yil 21 dekabr.
Qurilishni tugatish sanasi - 2021 yil 30 aprel.
6-kunlik ish haftasida ish vaqtining oʻrtacha oylik fondi - 166,25 s.
JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobiga 7-ilovani toʻldirish uchun ma’lumotlar jadvalda taqdim etilgan:
|
Koʻrsatkichlar |
Ma’lumotlar qanday hujjat asosida aks ettiriladi |
Qurilish ishlarining umumiy hajmi (QQSsiz), soʻm |
MHF (ijtimoiy soliqni hisobga olmasdan), soʻm |
1 kishi/s qiymati (ijtimoiy soliqni hisobga olmasdan), soʻm |
|
Butun qurilish davri uchun qurilish ishlarining umumiy hajmi boʻyicha |
Bosh pudrat shartnomasi, smeta |
800 000 000 |
288 750 000 |
19 642,86 |
|
Soliq davri (2021 yil yanvar-mart) uchun bajarilgan qurilish ishlarining umumiy hajmi boʻyicha, shu jumladan: |
Buyurtmachiga taqdim etilgan ma’lumotnoma-hisobvaraq-fakturalar (bajarilgan ishlar dalolatnomalari) |
500 000 000 |
180 714 286 |
19 642,86 |
|
oʻz kuchi bilan |
Buyurtmachiga taqdim etilgan, shuningdek yordamchi pudratchidan olingan ma’lumotnoma-hisobvaraq-fakturalar (bajarilgan ishlar dalolatnomalari) |
400 000 000 |
144 571 429 |
19 642,86 |
|
yordamchi pudratchi tomonidan |
Yordamchi pudratchidan olingan ma’lumotnoma-hisobvaraq-fakturalar (bajarilgan ishlar dalolatnomalari) |
100 000 000 |
36 142 857 |
19 642,86 |
Boshqa shartnoma boʻyicha tashkilot yordamchi pudratchi hisoblanadi. Soliq davri (2021 yil yanvar-mart) uchun ushbu shartnoma boʻyicha QQSsiz 200 mln soʻmlik ishlar hajmi bajarilgan. Ulardan MHF ijtimoiy soliqni hisobga olmasdan 1 kishi/s 19 402,11 soʻm (ijtimoiy soliqni hisobga olmasdan) qiymatda 100 mln soʻmni tashkil qildi.
7-ilovani keltirilgan ma’lumotlar boʻyicha toʻldirish namunasi bilan bu yerda tanishish mumkin.
Ma’lumotnoma-hisobvaraq-fakturada aks ettirilgan ijtimoiy soliqni hisobga olmasdan MHF koʻrsatkichidan kelib chiqqan holda, bosh pudratchi shartnoma tuzmasdan naqd pul mablagʻlari toʻlash bilan yollangan хodimlarga 2021 yil yanvar-mart uchun 24 457 143 soʻm ((144 571 429 + 100 000 000) х 10%) hisoblashga haqli.
![]()