9 oyni xatolarsiz yopamiz:
DSQ EHF ma’murchiligi tizimida apreldagi oʻzgartirishlardan keyin yuzaga kelgan onlayn-NKM bilan ishlashning eng dolzarb masalalari boʻyicha rasmiy sharhlarni e’lon qildi. DSQ soliq solish boʻyicha boʻyicha maslahat boʻlimi boshligʻi Aziz UMIRZOQOV tushuntirish berdi:
- Qanday faoliyat turlarida (kafe va doʻkondan tashqari) toʻlov tizimlari (PayMe, Click) bilan ishlashda onlayn-NKMga ega boʻlish va cheklarni urish zarur?
- 06.09.2019 yildagi PF-5813-son Farmon va Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizomga muvofiq aholidan toʻlovlari, shu jumladan - toʻlov terminallari yoki toʻlov tizimlari orqali qabul qiluvchi tadbirkorlik sub’yektlari xaridorlarga onlayn-NKM yoki virtual kassa chekini berishlari kerak.
Tovar uchun har bir toʻlov qabul qilinganda, shu jumladan, boʻlib toʻlash (muddatli toʻlov) sharti bilan realizatsiya qilingan tovar uchun toʻlov qabul qilinganda onlayn-NKM yoki virtual kassa cheki berilishi lozim.
Tovar boʻlib toʻlash (muddatli toʻlov) sharti bilan sotilganda, bu chekda koʻrsatilishi kerak. Masalan, tovar nomi satrida ushbu toʻlov boʻlib toʻlash sharti bilan sotilgan tovar uchun davriy toʻlov ekanligi koʻrsatilgan holda aniqlik kiritilishi lozim.
- Ayrim xizmatlar (oʻquv markazi, ta’mirlash ishlari) koʻrsatilayotganda boʻnak toʻlovlari qabul qilinishi va toʻlov uchun onlayn-NKM cheki berilishi mumkin. Bu esa realizatsiya demakdir. Bunda tovarlarni muddatli toʻlov asosida realizatsiya qilish yoki qaytarib berishni qanday rasmiylashtirish kerak?
- Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizomga asosan kassa cheki - bu foydalanuvchi va xaridor (mijoz) oʻrtasida sotilgan tovarlar (bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar) uchun hisob-kitoblar faktini tasdiqlovchi, aholidan har bir qabul qilingan toʻlov uchun beriladigan birlamchi hisob hujjati.
Agar xaridor tovarni qaytarib bersa, tovar yuk xati rasmiylashtiriladi, bu xaridorga qaytarilgan tovarlar uchun pul miqdorini olishga asos boʻladi. Qaytarilgan pul mablagʻlari uchun pul mablagʻini qaytarish toʻgʻrisida dalolatnoma tuziladi.
Tovarlar toʻliq yoki qisman qaytarilgan taqdirda, xaridorga qaytarilgan summa uchun tovarlarni sotishdan olingan daromadga tuzatish kiritiladi. Tovarlarni sotishdan olingan daromadlarga tuzatish kiritish mablagʻlar qaytarilgan soliq davrida amalga oshiriladi.
- Faoliyat sohalari: internet-provayder, xalqaro televideniye. Aholidan toʻlov qabul qilish boʻyicha PAYNET bilan shartnoma tuzganda onlayn-NKM chekini PAYNETning oʻzi beradi, komissiya summasini ayirib, bizning joriy hisob raqamimizga yuboradi. Agar pul mablagʻlarini toʻgʻridan-toʻgʻri qabul qilmasak, oʻzimizning onlayn kassamiz orqali chek berishimiz shart emasmi?
– Tadbirkorlik sub’yektlari koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovni elektron toʻlov tizimlari (PayMe, Click) orqali qabul qilgan hollarda, shu jumladan savolda koʻrsatilgan hollarda ushbu toʻlovlarni (vositachilik haqini chegirmagan holda) onlayn-NKM yoki virtual kassada qayd etishlari shart.
Manbaga qarang.
***
Ilgari buxgalter.uz EHF sohasida soʻnggi yangiliklardan keyin yuzaga kelgan muammolarni yoritgan:
- Yangi EHF soliq ma’muriyatchiligiga shoshilinch oʻtish qanday muammolarni koʻrsatdi
- DSQ kontaktsiz toʻlovlarda cheklarni berish yoki bermaslikni tushuntirdi
- Vositachilarning barcha sotishlari tushumga aylandi. Muammoning yechimi qayerda?
- Boʻnak tushumlariga QQS solish ogohlantirishsiz boshlandimi?
- EHF tizimida apreldagi oʻzgarishlardan keyin pulni qaytarish, boʻlib-boʻlib toʻlash va oʻz tushumi qanday rasmiylashtiriladi
![]()