«1C: Buxgalteriya» 8.3 – buxgalterning ishonchli yordamchisi!

preview

Bugungi kunda Oʻzbekistonda buxgalteriya yuritish uchun eng ommabop dastur (DT) «1C: Buxgalteriya» ekanligi sir emas. Biroq, koʻplab buxgalterlar hali ham ushbu dasturiy ta’minotning 7.7 versiyasidan yaxshiroq versiyasi yoʻq degan fikrda. Nima uchun 7.7 dan 8.3 qulayroq? 8.3 dolzarb versiyasining foydali xususiyati nimada?

«Balance Calculate» XK autsorsing kompaniyasi rahbari, «Profi-Training» biznes maktabining sertifikatlangan murabbiyi Venera MALIKOVA «1S: Buxgalteriya 8.3» haqida mulohaza yuritadi:


– Hisobini batafsil yuritish, yanada koʻproq avtomatlashtirish va ma’lumotlarni kiritishda vaqtni tejash – buxgalteriya hisobini yuritishdagi bugungi vazifalarni hal qilish uchun dasturdan talab qilinadigan jihatlar.

Keling, bir nechta misollarni koʻrib chiqamiz.

Hozir Oʻzbekistonda tovarlar importi faol rivojlanmoqda. Koʻp hollarda hatto bitta turkumdagi tovarlarni xarid qilish boʻyicha qoʻshimcha xarajatlar farqlanishi mumkin. Masalan, bitta pozitsiyaga bojxonada aksiz soligʻi solinishi mumkin, ikkinchisiga esa yoʻq. Yoki bitta tovar ikkinchisidan oldinroq IM-40 rejimida rasmiylashtirilib, bojxona toʻlovlari miqdori farq qilishi mumkin.

«1C: Buxgalteriya» 7.7 versiyasida buxgalter «Qoʻshimcha sotib olish xarajatlari» hujjati yordamida muayyan turdagi xarajatlarni qoʻshimcha oʻzgartirishlarsiz hisobga ololmaydi, sababi ushbu hujjat «Tovarlarning kelib tushishi» hujjatiga bogʻlanishi nazarda tutilgan. Shuning uchun ayrim xarajatlarni «Qoʻlda kiritilgan operatsiyalar» hujjati yordamida ma’lumotlar bazasiga kiritishga toʻgʻri keladi.


1-tasvir.
1C 7.7 versiyasida qoʻshimcha xarajatlarni kiritish – qoʻshimcha xarajatlarni aniq pozitsiyaga kiritish imkonisiz faqat TMZ/NMA/AV kelib tushishi hujjatini tanlash imkoniyati.

8.3 versiyasi muayyan tovar uchun xarajatlarni ajratish imkonini beribgina qolmay, balki buni amalga oshirish uchun bir nechta variantni ham taklif etadi:

  • kelib tushish hujjatiga muvofiq toʻldirish;
  • tovarni kelib tushgan muayyan tovardan tanlash;
  • nomenklatura roʻyxatidagi tovarni qoʻshish.


2-tasvir.
1C 8.3 versiyasida qoʻshimcha xarajatlarni kiritish – kelib tushgan tovarlardan nomenklaturaning muayyan pozitsiyasini tanlash imkoniyati, bu sotib olingan tovarlarning toʻgʻri tannarxini beradi

«1C: Buxgalteriya 8.3» versiyasining yana bir qulay imkoniyati shundaki, toʻlov hujjatiga ishlov berilayotganda toʻlov/tushum qaysi schyotga – avans schyotiga yoki qarzni toʻlash uchun schyotga kiritilishi avtomatik ravishda belgilanadi. Bu juda koʻp vaqtni tejaydi! Chunki buxgalter qanchalik e’tiborli boʻlmasin, chalgʻishi oqibatida toʻlov uchun avans oʻrniga xaridordan tushum yoki toʻlovni kiritishi ehtimoli doim mavjud boʻladi. Bu esa, oʻz navbatida, aylanma-saldo qaydnomasi «qizarishi»ga olib keladi, buxgalter yoʻl qoʻyilgan xatolarni qidirishiga toʻgʻri keladi.

«1S: Buxgalteriya 7.7»da qoʻshimcha oʻzgartirishlarsiz va, tegishincha, xarajatlarsiz amalga oshirib boʻlmaydigan juda koʻp jihatlar mavjud. Bular – hisob-kitob schyotidagi pul mablagʻlarining harakatlanishini yuklash, xorijiy valyutalar kurslarini avtomatik ravishda yuklash, soliq organlariga hisobotlarni avtomatik ravishda yuborish va h.k.

Amaliyotchi buxgalter dasturning yanada zamonaviy versiyasi – «1C: Buxgalteriya 8.3»ga oʻtishga qaror qilganda bunday imkoniyatlar toʻgʻrisida bilib olishi mumkin. Boshlovchi buxgalterlar esa dasturning aynan ushbu versiyasida ishlash koʻnikmalarini oʻzlashtirganlari ma’qul, chunki potensial ish beruvchilar undan koʻproq foydalanadilar.

Profi Training onlayn-kursining atigi 7 ta mashgʻulotida «1S: Buxgalteriya 8.3»ni oʻzlashtirish mumkin.

Onlayn-kurs 19 aprel (dushanba) kuni soat 19:00 da boshlanadi.

https://t.me/ProfitEventsBot?start=1 telegram-boti yoki (+998) 90 957-24-27 telefon raqami orqali kursga yozilishga ulguring.

                                   
Reklama huquqi asosida.

Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text168898_1c_buhgalteriya_8_3_-_buhgalterning_ishonchli_erdamchisi