Yangi avlod 1S buxgalteriya tizimi taqdim etildi!

preview

Sehrli tayoqcha, u bilan buxgalterning ishi ikki marta kamayadi! Qanday qilib? Hozir tushuntiramiz:


Buxgalteriya ishida buxgalterning hayotini dahshatga aylantiradigan talay omillar mavjud. Va ulardan ikkitasi alohida turadi:

1) katta ma’lumotlar hajmi va murakkab hisob-kitoblar;

2) ishni takrorlash zarurati.

Koʻp buxgalterlar hozir eng mehnat talab qiladigan vazifalar boʻyicha ikki karra ishni bajarishga majbur boʻlishmoqda. Bir nechta misollar keltiramiz:


1. Hisobvaraq-fakturalar

2020 yildan boshlab Oʻzbekistonning barcha korxonalari elektron hujjat aylanishi operatorlari tizimlarida hisobvaraq-fakturalarni elektron shaklda rasmiylashtirishlari shart. Bu buxgalterlar ayni bir hisobvaraq-fakturani ikki marta: birinchi marta - operatsiyani buxgalteriya registrlarida aks ettirish uchun oʻz hisob tizimlarida, ikkinchi marta - EHA operatori tizimida rasmiylashtirishga majbur boʻlishlariga olib keldi.

Ha, koʻp korxonalar oʻz hisob tizimlarini EHA operatorlari tizimlari bilan integratsiyalashdi, biroq hamma hisob tizimlari ham buni amalga oshirish imkonini bermaydi, sababi ular yaratilgan texnologiyalar eskirgan. Natijada bunday tizimlardan foydalanuvchilar EHFni ikkita tizimda takrorlashga yoki - ularni bir tizimdan boshqasiga “yuklash” bilan kifoyalanishga majburlar. Buxgalteriya tizimi hisob tizimidagi hujjatni EHFga aylantirishi va aksincha olingan elektron hisobvaraq-fakturani hisob tizimining hujjatiga aylantirishi mumkin boʻlganlar qanchalik baxtli ekanliklarini tasavvur qiling ...


2. Toʻlov topshiriqnomalari, ish haqi qaydnomalari va koʻchirmalar

Bank operatsiyalari bilan ham shunga oʻxshash vaziyat shakllangan. Har bir shunday operatsiya ham Bank-mijoz tizimida, ham buxgalteriya hisob tizimida rasmiylashtirilgan boʻlishi kerak. Va bu yerda, birinchi misoldagi kabi, kimdadir yuklab olish va yuklash mexanizmlari tarzida katta boʻlmagan soddalashtirish mavjud, biroq aksariyat buxgalterlar ushbu ishni takrorlashga majbur boʻlishadi. Bu yerda xodimlarning ish haqini plastik kartalarga oʻtkazishni alohida qayd etish joiz. Bu juda sinchkovlik talab qiladigan va mehnat sarflanadigan ish, buxgalter bankning saytida ish haqi qaydnomasini qoʻlda toʻldirishga majbur. Agar u buxgalteriya ma’lumotlari asosida oʻzi toʻldirilganda edi, qanday soz boʻlardi...


3. Elektron mehnat daftarchasi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining ixtisoslashtirilgan Internet-resursida elektron mehnat daftarchalarini majburiy yuritish 2020 yilning yana bir yangiligi boʻldi. Endi buxgalterlar kadrlarga doir hujjatlarni buxgalteriya tizimida - ish haqi hisob-kitobi uchun va parallel ravishda Mehnat vazirligining saytida - elektron mehnat daftarchalarini yuritish uchun rasmiylashtirishlari kerak. Nima uchun kadrlarga doir hujjatlarni rasmiylashtirish bitta tizimda amalga oshirilib, boshqasiga esa ma’lumotlar avtomatik tarzda tushishini amalga oshirish mumkin emas...


4. Soliq hisobotlari

Elektron soliq hisoboti ilgaridan mavjud. Va shu vaqtda buxgalterlar hisobotlarni hisob tizimlari yordamida shakllantiradilar, keyin esa ularni DSQ saytida qoʻlda toʻldiradilar. Toʻldirilishi lozim boʻlgan katta miqdordagi kataklar va xatoning yuqori bahosi buxgalterlarda har bir hisobot davrida asabiy taranglikka sabab boʻladi.

Keltirilgan misollardan koʻrinadiki, buxgalterlar ishining katta qismi - bu ikki karra ish. Maqolaning boshida biz ikkita katta muammo haqida gapirdik. Va agar ulardan birinchisi - murakkab hisob-kitoblar (tannarx, ish haqi, soliqlar) - bugungi kunda bozorda mavjud boʻlgan aksariyat hisob tizimlarida yetarlicha yaxshi hal qilingan boʻlsa, ikkinchi muammo - ishlarni takrorlash boʻyicha - vaziyat yaqin vaqtgacha yaxshilanishni talab etgan. Va nihoyat bozorda ushbu muammoni hal qiladigan mahsulot paydo boʻldi!

1S:Buxgalteriya 3.0 – eng ommabop buxgalterlik dasturining yangi avlodi. Ushbu tizimning oldingi avlodida boʻlgan imkoniyatlarga qoʻshimcha tarzda, yangi 1S:Buxgalteriya:

  • Didox.uz, Dibank.uz, Mehnat.uz va My.soliq.uz bilan integratsiyalash hisobiga buxgalter ishini kamida ikki baravar  qisqartirish;
  • buxgalterni Internet orqali ishlash imkoniyati hisobiga ofis ish joyiga bogʻliqlikdan ozod etish imkonini beradi.

Buxgalterning ishi oddiy va qulay boʻlishi kerak!

Asqar ISMOILOV, Venkon kompaniyasi rahbari: – “Bizning kompaniyamizning missiyasi turli bizneslarga ancha samarali boʻlishi uchun yordam berishdan iboratdir.  «Oʻzbekiston uchun 1S:Buxgalteriya» eng ommabop tizimning yangi avlodining chiqarilishi uni amalga oshirilishidagi navbatdagi qadam boʻldi, u shunchaki buxgalter ishini qisqartirmaydi, balki uni ancha qulay  qiladi.

Tizim foydalanuvchi uchun qulaylikni yangi darajaga koʻtaradigan uchta asosiy xususiyatga ega:


1. Buxgalterning ishini ikki karra qisqartirish imkonini beradi

Ilgari 1S da rasmiylashtirilgan, keyin esa boshqa tizimlarda takrorlangan barchasini endi ERI bilan imzolash va  boshqa tizimlar va davlat organlari saytlarini ochmasdan yangi «Oʻzbekiston uchun 1S:Buxgalteriya»dan toʻgʻridan-toʻgʻri joʻnatish mumkin. Bunday operatsiyalar orasida:

  1. Hisobvaraq-fakturalar va boshqa birlamchi hujjatlar;
  2. Toʻlov topshiriqnomalari, ish haqi qaydnomalari va bank koʻchirmalari.
  3. Elektron mehnat daftarchalarini va u bilan bogʻliq kadrlar ishini yurtishi.
  4. Soliq hisobotini shakllantirish va topshirish.


2. Muayyan ish joyiga bogʻliq boʻlmaslik imkoniyatini beradi

Clobus.uz onlayn-servis yordamida yangi «Oʻzbekiston uchun 1S:Buxgalteriya»dan dasturni oʻz kompyuteringizga oʻrnatmasdan, Internet orqali foydalanish mumkin. Bu, birinchidan, yuqorida koʻrsatilgan imkoniyatlar bilan kompleksda buxgalterga oʻz ishini ofisga kelmasdan bajarish imkonini beradi. Ikkinchidan - rahbarga mustaqil ravishda onlayn rejimida buxgalteriyada nima sodir boʻlayotganligini koʻrish imkonini beradi.


3. Ishdan estetik zavq olish imkonini beradi

Yangi tizim ancha yoqimli va intuitiv ravishda tushunarli interfeysga ega, uni foydalanuvchi dasturchining yordamisiz oʻziga moslab sozlab olishi mumkin.

E’tibor bering!
Yangi avlod 1S:Buxgalteriyaning “quti” versiyasini siz bir ish kuni mobaynida Venkon kompaniyasi va uning hamkorlaridan sotib olishingiz mumkin. Yoki - hozirning oʻzida - siz Clobus saytida butun oy mobaynida uning internet-versiyasidan bepul foydalanishni boshlashingiz mumkin.


Reklama huquqi asosida 

Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text168945_yangi_avlod_1s_buhgalteriya_tizimi_taqdim_etildi