9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Soliq toʻlovchilar hozirga qadar koʻpincha mablagʻlarni soliqlarni boʻnak bilan toʻlash hisobiga oʻtkazish iltimosiga duch kelishadi. Va koʻpchilik soliq organi bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qolish istagida oʻz zararlariga ham bunga rozi boʻlishadi.
Soliq qoʻmitasi rahbariyati bunday amaliyotni nomaqbul deb hisoblaydi. Soliq toʻlovchilarning shaxsiy kabinetlariga barcha soliqlar toʻlangan, DSQ xodimlari esa qoʻshimcha mablagʻlarni oʻtkazishni talab qilgan taqdirda nima qilish zarurligi toʻgʻrisidagi xabarnoma yoʻllandi.
Soliq qoʻmitasi barcha shunga oʻxshash hollarda shikoyat berishni soʻramoqda va qonunchilikka muvofiq choralar koʻrishni va’da bermoqda.
2021 yil I chorakda soliq toʻlovchilarning arizalariga binoan:
- “soliq boʻnagi” amaliyotini yoʻlga qoʻygan 3 ta tuman DSI rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi;
- 16 ta tuman DSI rahbariga “hayfsan” berildi hamda maxsus unvoni darajasi pasaytirildi.
“Davlat soliq qoʻmitasi hududiy davlat soliq organlari xodimlarini soliq toʻlovchilardan ortiqcha toʻlov talab qilmasliklari yuzasidan qat’iy ogohlantirdi” - deyiladi xabarda.
Dolzarb tavsiyalarni oʻqing:
![]()