EHFning yangi turlari: buxgalter uchun nimani e’tibordan qochirmaslik muhim

preview

DSQ bir tomonlama hisobvaraq-fakturalarning yangi turlarini “bozor qiymatidan past realizatsiya qilish”, “bojxona qiymatidan past realizatsiya qilish”, “xizmatlar eksporti (OʻzR hududidan tashqarida), “xizmatlar eksporti (OʻzR hududida) joriy etadi. Bu soliq toʻlovchilar uchun nimani oʻzgartiradi?

Buxgalter.uz iltimosiga binoan muhim tafsilotlarni «Yangi texnologiyalar» IAM elektron hisobvaraq-fakturalar boʻlimi yetakchi mutaxassisi Farrux MAMADALIYeV va soliq maslahatchisi Gulnara ERGAShEVA tushuntirishdi:


- Yangiliklar soliq bazasini aniqlashda quyidagi soliqqa oid qonunchilik normalaridan foydalanadigan soliq toʻlovchilarga daxl qiladi:

1) SK 248-moddasi 3-qismi va Qoʻshilgan qiymat soligʻi bazasini tovarlarning (xizmatlarning) bozor qiymatidan kelib

chiqib aniqlash tartibi toʻgʻrisida nizom.

Soliq bazasi quyidagi hollarda tovarlarning (xizmatlarning) bozor qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi:

  • tovarlarni (xizmatlarni) boshqa tovarlarga (xizmatlarga) ayirboshlab realizatsiya qilishda;
  • tovarlarni (xizmatlarni) bepul berishda (koʻrsatishda), bundan iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlaydigan hollar mustasno;
  • mol-mulkni (xizmatlarni), agar bunday mol-mulk (xizmatlar) boʻyicha soliq summasi toʻliq yoki qisman hisobga oʻtkazilgan boʻlsa, boshqaruv organi a’zolariga, xodimlarga, ularning oila a’zolariga yoxud boshqa shaxslarga soliq toʻlovchining tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun berish (xizmatlar koʻrsatish);

Bunda tovarlarning (xizmatlarning) bozor qiymatini quyidagilar boʻyicha aniqlash mumkin:

  • bozor narxlari (prays-varaqlar) toʻgʻrisidagi oʻz ma’lumotlari;
  • axborot-narx agentliklari ma’lumotlari;
  • OAVdan olingan ma’lumotlar;
  • birja xabarlari;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan e’lon qilinadigan yoki soʻrovga koʻra taqdim etiladigan tashqi savdoning bojxona statistikasi;
  • qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, narx belgilash uchun normativlarni belgilaydigan vakolatli organlar ma’lumotlari.

Agar tovarlarning (xizmatlarning) bozor qiymati koʻrsatilgan manbalar ma’lumotlari boʻyicha farq qilsa, soliq solish maqsadlarida oʻrtacha qiymat hisobga olinadi.

2) SKning 248-moddasi 5-qismi. Oʻzbekiston hududiga olib kirilgan (import qilingan) tovarlarni realizatsiya qilish chogʻida soliq bazasi ushbu tovarlarni olib kirish (import qilish) chogʻida byudjetga haqiqatda toʻlangan soliq hisoblab chiqarilgan qiymatdan past boʻlishi mumkin emas.

3) SKning 241-moddasi. Oʻzbekiston realizatsiya qilish joyi deb e’tirof etilmaydigan xizmatlarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanmalarga QQS solinmaydi. Tegishincha, agar xizmatlarni realizatsiya qilish joyi - Oʻzbekiston boʻlsa, ularga QQS solinadi.

Bir tomonlama EHFning yangi turlari joriy etilishi bilan nima oʻzgaradi

Agar ilgari “xizmatlar eksporti (OʻzR hududidan tashqarida), “xizmatlar eksporti (OʻzR hududida) , “bozor qiymatidan past realizatsiya qilish”, “bojxona qiymatidan past realizatsiya qilish” aylanmalariga bir tomonlama hisobvaraq-faktura taqdim etilmagan boʻlsa, endi buni albatta amalga oshirish shart!

Buxgalter.uz tavsiya qiladi
E’tibor bering!

Aprel uchun hisob-kitob tuzishda QQS hisob-kitobiga 1-ilova “Soliq davridagi tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanmalar”da, ilgarigidek, qoʻlda quyidagi satrlarni (tegishli aylanmalar mavjud boʻlganda) toʻldirish zarur:

  • 0103 “Bozor qiymatidan past narxda realizatsiya qilingan tovarlarning (xizmatlarning) bozor qiymati va QQS kiritilmagan holda realizatsiya qilish narxi oʻrtasidagi ijobiy farq”;
  • 0104 “Tovarlarni import qilishda QQSni hisoblab chiqarish va  toʻlash maqsadida bojxona organlari tomonidan aniqlanadigan qiymat va QQS kiritilmagan holda import qilingan tovarlarni realizatsiya qilish narxi oʻrtasidagi ijobiy farq”;
  • 020 “Oʻzbekiston Respublikasi hududi realizatsiya qilish joyi deb e’tirof etilmaydigan xizmatlarni koʻrsatish boʻyicha aylanma”.

2021 yil 1 iyundan boshlab QQS hisob-kitobi shakliga texnik oʻzgartirishlar kiritish rejalashtirilmoqda. May uchun Hisob-kitobni shakllantirishda mazkur satrlar endi elektron hisobvaraq-fakturalar tizimi ma’lumotlari asosida avtomatik tarzda toʻldiriladi.

Oleg GAYeVOY tayyorladi

EHF: soliq hisobi — maslahatlar EHF EHF (soliq hisobi) — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text169564_ehfning_yangi_turlari_buhgalter_uchun_nimani_etibordan_qochirmaslik_muhim