Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
2021 yil 1 iyundan boshlab alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar majburiy yigʻimni toʻlaydilar. “Sogʻlom turmush tarzi” platformasi shaхsiy gʻazna hisobvaragʻida jamlangan ushbu mablagʻlar bir sutkada 10 ming va undan ortiq qadam yurgan fuqarolarni ragʻbatlantirishga sarflanadi.
Yangi yigʻimni qanday hisoblab chiqarish va toʻlashni buxgalter.uz DSQda aniqlashtirdi.
Yigʻim aholini kunlik yurish va yugurishga targʻib qilishga yoʻnaltirilgan 28.04.2021 yildagi «Sogʻlom turmush tarzi» platformasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 253-son VMQga muvofiq joriy etilgan.
Toʻlov summasi alkogol (pivo, aroq) hamda tamaki mahsulotlarini realizatsiya qilish hajmlari va belgilangan yigʻim miqdorlaridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi (28.04.2021 yildagi 253-son VMQga 1-ilova, 2-ilovaning 6-bandi):
|
Mahsulot turi |
Yigʻim miqdori |
|
Pivo |
500 soʻm/ 1 dal uchun |
|
Aroq |
500 soʻm/ 1 dal uchun |
|
Sigaret |
500 soʻm/ 1000 dona |
Alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar hisobot oyidan keyingi oyning 10 kunidan kechiktirmay:
- yigʻimni hisoblab chiqarishlari va «Sogʻlom turmush tarzi» platformasi shaхsiy gʻazna hisobvaragʻiga (28.04.2021 yildagi 253-son VMQga 1-ilova, 2-ilovaning 8-bandi) toʻlashlari;
- hisobotni soliq organlariga topshrishlari (28.04.2021 yildagi 253-son VMQga 1-ilova, 2-ilovaning 9-bandi) shart.
Hisob-kitobning elektron shakllari va toʻlov topshiriqnomalarini shakllantirish uchun maхsus sozlamalar soliq toʻlovchilarning shaхsiy kabinetlarida iyunda paydo boʻladi.
Soliq organlari yigʻim toʻgʻri hisoblab chiqilishi va oʻz vaqtida toʻlanishi, shuningdek ushbu toʻlovlarning soliq toʻlovchilarning shaхsiy kartochkasida hisobi aks ettirilishi ustidan nazorat qiladi (28.04.2021 yildagi 253-son VMQga 1-ilova, 2-ilovaning 12-13-bandlari).
Oleg GAYeVOY tayyorladi