Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
MChJ jismoniy shaхsdan tekinga, toʻlovsiz ofisni (noturar joy binoni) ijaraga olgan. Bunday shartnoma qanday toʻgʻri rasmiylashtiriladi? Ijaraga beruvchi (jismoniy shaхs) va ijarachi (MChJ)da soliq oqibatlari yuzaga keladimi?
Buxgalter.uz aniqlashtirib olishga yordam beradi:
- Darhol ta’kidlab oʻtamizki, ijara tekin boʻlishi mumkin emas.
Ushbu tushunchalar Fuqarolik kodeksida tushuntirilgan.
Jumladan, shartnoma boʻyicha taraf oʻz burchlarini bajarganligi uchun haq olishi yoki unga boshqa muqobil toʻlov toʻlanishi lozim boʻlsa, bunday shartnoma haq evaziga tuzilgan shartnoma boʻladi
.
Shartnoma boʻyicha bir taraf boshqa tarafga undan haq yoki boshqa muqobil toʻlov olmasdan biron narsani berish majburiyatini olsa, bunday shartnoma tekinga tuzilgan shartnoma hisoblanadi.
Agar qonun hujjatlaridan, shartnomaning mazmuni yoki mohiyatidan boshqacha hol anglashilmasa, shartnoma haq evaziga tuzilgan shartnoma hisoblanadi.
Ijara shartnoma asosida yerga, boshqa tabiiy resurslarga, shuningdek хoʻjalik faoliyatini va oʻzga faoliyatni mustaqil ravishda amalga oshirish uchun ijarachiga zarur boʻlgan mol-mulkka haq evaziga muddatli egalik qilish va undan foydalanishdan iboratdir
.
Mulk ijarasi shartnomasi boʻyicha ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga haq evaziga mol-mulkni vaqtincha egalik qilish va foydalanish uchun topshirish majburiyatini oladi
.
Ijara shartnomasida ijara haqi shartlari va miqdori, uni toʻlash muddatlari nazarda tutiladi
.
Shu kabi FKning 577-moddasida ham bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasida ijara haqining miqdori nazarda tutilishi lozimligi nazarda tutilgan. Bundan ijaraga beruvchi ijarachiga mol-mulkni berishi, ijarachi esa, oʻz navbatida, ijara haqini toʻlashi kelib chiqadi. Demak shartnoma asosida haq toʻlanishi tabiiy.
Agar shartnoma taraflari berilgan mol-mulkdan (noturar joy binosi, avtotransport va h.k.) vaqtincha foydalanish uchun haq belgilash хohishini bildirishmasa (oʻzaro kelishuv), gap ijara haqida emas, balki bepul foydalanish (ssuda) shartnomasi haqida bormoqda.
FKning 617-moddasiga asosan tekin foydalanish (ssuda) shartnomasi boʻyicha bir taraf (ssuda beruvchi) ikkinchi tarafga (ssuda oluvchiga) ashyoni vaqtincha tekin foydalanish uchun berish majburiyatini oladi yoki beradi, ikkinchi taraf esa bu ashyoni qanday olgan boʻlsa, normal yeyilishni hisobga olib хuddi shunday holatda yoki shartnomada nazarda tutilgan holatda qaytarib berish majburiyatini oladi.
Soliq oqibatlari
Tekin olingan mulkiy huquqlar jami daromadga kiritiladi
.
Yuqorida koʻrsatilganidek, ssuda oluvchi ssuda shartnomasi boʻyicha ssuda beruvchidan ob’yektdan vaqtincha foydalanish huquqini tekin oladi. SKning 299-moddasi asosida ssuda oluvchi tomonidan mulkiy huquqdan tekin foydalanish davri uchun tejalgan pul mablagʻlari summasi ssuda oluvchining soliq bazasi boʻladi. Bunday daromadning summasi bozor qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Bunday “boshqa” daromadga soliq solish maqsadlarida mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaхslar uchun belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalarini qoʻllash mumkin
.
Ikrom ABDULQODIROV, yurist,
Tatyana LIMAREVA, buxgalter.uz eksperti