Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 2021 yil uchun ish vaqti taqvimiga ilgari qabul qilingan 03.12.2020 yildagi PF-6122-son Farmon, 10.05.2021 yildagi PF-6222-son Farmonga muvofiq tuzatishlar kiritdi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi boshqarma boshligʻi Aleksandr NAVOTNIY oʻzgartirishlarni tushuntirdi:

2021 yilda qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlar:
- barcha хodimlar uchun 14 may (juma), 2 sentyabr (payshanba), 3 sentyabr (juma) va 31 dekabr (juma);
- 6-kunlik ish haftasi shartlarida band boʻlgan хodimlar uchun: 2 yanvar (shanba), 20 mart (shanba), 22 mart (dushanba), 15 may (shanba), 21 iyul (chorshanba), 22 iyul (payshanba) va 4 sentyabr (shanba).
Quyidagilar 5-kunlik va 6-kunlik ish haftalarida ish kunlari hisoblanadi: 27 mart (shanba), 17 iyul (shanba), 24 iyul (shanba).
2021 yilda ish vaqtining yillik balansi:
- 5-kunlik ish haftasi shartlarida band boʻlganlar uchun: 250 kun, 1995 soat;
- 6-kunlik ish haftasi shartlarida band boʻlganlar uchun: 295 kun, 1963 soat;
- 6-kunlik ish haftasida qisqartirilgan (36 soat) ish vaqti shartlarida band boʻlganlar uchun: 295 kun, 1764 soat.

2021 yil mayda ish kunlari va soatlari soni:
- 5-kunlik ish haftasi uchun - 19 ish kuni, 151 ish soati;
- 6-kunlik ish haftasi uchun (40 soat) - 23 ish kuni, 151 ish soati;
- 6-kunlik ish haftasi uchun (36 soat) - 23 ish kuni, 136 ish soati.
2021 yil iyulda ish kunlari va soatlari soni:
- olti kunlik ish haftasi (40 soat) uchun: 24 kun, 157 soat;
- olti kunlik ish haftasi (36 soat) uchun: 24 kun, 143 soat;
- 5-kunlik ish haftasi uchun iyulda ish vaqti balansi oʻzgarmaydi: 21 kun, 167 soat.
2021 yil dekabrda ish kunlari va soatlari soni:
- 5-kunlik ish haftasi uchun - 21 ish kuni, 167 ish soati;
- 6-kunlik ish haftasi uchun (40 soat) - 25 ish kuni, 166 ish soati;
- 6-kunlik ish haftasi uchun (36 soat) - 25 ish kuni, 149 ish soati.
![]()