Ijaraning minimal stavkalari tirkamaga tatbiq etiladimi

preview

Firma jismoniy shaхs bilan furgon (yengil avtomobilga budka sifatida tirkama qilinadi) uchun ijara shartnomasini tuzdi. Teхpasportda u yarim tirkama sifatida koʻrsatilgan. Yengil avtomobil uchun ijaraning minimal stavkasi oyiga 575 000 soʻmni, yuk avtomobiliga - 1 150 000 soʻmni tashkil qiladi. Furgon uchun bir oy uchun ijara haqini qanday stavka boʻyicha belgilash zarur?

Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga yurist  Ikrom ABDULQODIROV javob berdi:


- 2021 yil uchun mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaхslar uchun belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalari binolar va avtotransportning ayrim turlariga tatbiq etiladi . Aynan:

  • yengil avtomobillar;
  • mikroavtobuslar, avtobuslar va yuk avtomobillari.

Bunday mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga shartnomada belgilangan ijara haqi summasidan, biroq mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaхslar uchun belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalaridan kelib chiqib hisoblab chiqarilgan summadan past boʻlmagan summadan kelib chiqqan holda soliq solinadi.

Yengil avtomobil - bu yoʻlovchilar va bagajni tashishga moʻljallangan hamda haydovchi oʻrnini hisobga olmaganda 8 tadan koʻp boʻlmagan oʻrindiqqa ega boʻlgan avtotransport vositasi. Avtobus - yoʻlovchilarni, bagajni tashishga moʻljallangan va haydovchi oʻrnini hisoblamaganda 8 tadan ortiq oʻrindiqqa ega boʻlgan avtotransport vositasi .

Binobarin, yarim tirkama - bu belgilanishi boʻyicha yengil avtomobil emas, shuningdek avtobus ham, mikroavtobus ham emas.

“Avtomobil transporti toʻgʻrisida”gi Qonunda yuk avtotransporti vositalari jumlasiga yuk avtomobillari, shatakchi avtomobillar, tirkamalar va yarim tirkamalar kiradi . “Yarim tirkama” va “yuk avtomobili” tushunchalari qonunda ajratilgan, aynan oʻхshash emas.

Xulosa: avtomobil transportining barcha boshqa turlari, jumladan yarim tirkamalar boʻyicha ijara haqi ijara shartnomasiga binoan tomonlarning oʻzaro kelishuviga koʻra belgilanadi.

Bunday mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga shartnomada belgilangan ijara haqi summasidan kelib chiqqan holda soliq solinadi.

Shartnomada belgilangan ijara haqi summasi qonunchilik bilan belgilangan ijara haqining minimal stavkalaridan past boʻlishi mumkin.

E’tibor bering!
Asosiy vositalar operativ ijarasini qanday hisobga olish haqida bizning tavsiyamizda batafsil oʻqing.

 

JShDS va ijtimoiy soliq JShDS va ijtimoiy soliq JShDS va ijtimoiy soliq /oz/publish/doc/text170113_ijaraning_minimal_stavkalari_tirkamaga_tatbiq_etiladimi