9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Prezident Shavkat MIRZIYoYeV 3 iyun kuni yer munosabatlarini takomillashtirish masalalari yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi. Uning natijalari boʻyicha quyidagilar taklif qilindi:
- yerni xususiy sektorga mulk va ijara huquqi, davlat tashkilotlariga - doimiy foydalanish huquqi asosida berish tartibini joriy etish;
- meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik, doimiy egalik, vaqtincha foydalanish huquqlari bilan yer ajratish kabi bozor iqtisodiyoti talablariga mos boʻlmagan amaliyotlarni tugatish;
- yerga boʻlgan huquq turlarini 6 tadan 3 taga qisqartirish;
- noqishloq yerlarni xususiy sektorga faqat auksion orqali sotish tartibini kiritish. Noqishloq yerlar Oʻzbekiston fuqarolari va yuridik shaxslariga xususiy mulk qilib, xususiylashtirish mumkin boʻlmagan yerlar esa ijara huquqi asosida sotilishi mumkin;
- hokim qarori bilan nodavlat sektorga yer ajratish hamda yerlarni toʻgʻridan-toʻgʻri va tekinga berish amaliyotini bekor qilish;
- qishloq xoʻjaligi yerlarini faqat ijara huquqi asosida ajratish tartibini kiritish. Bunday yerlar fuqaro va tashkilotlarga (chet elliklardan tashqari) ochiq tanlov asosida beriladi. Ochiq tanlovga ariza qabul qilish, talabgor haqidagi ma’lumotlarni toʻplash va baholash elektron shaklda amalga oshiriladi;
- viloyat va tuman hokimlarining qishloq xoʻjaligi yerlari toifasini oʻzgartirish vakolatini Vazirlar Mahkamasiga va Prezidentga oʻtkazish. Tuman hokimlarining yer ajratish va qaytarib olish haqida qaror qabul qilish vakolatini toʻliq bekor qilish. Viloyat hokimining barcha “yerga doir” qarorlari hududiy adliya boshqarmasida huquqiy ekspertizadan oʻtkaziladi;
- yer sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirish.
Oxirgi band boʻyicha eslatib oʻtamiz: ilgari buxgalter.uz yer qonunchiligini buzganlik uchun jazoni qat’iylashtirishni nazarda tutadigan qonun loyihasi sharhini e’lon qilgandi.
![]()