Xodimda pasport emas, balki ID-karta boʻlsa, nima qilish kerak

preview

Kuryer vazifalarini bajaruvchi xodim pasportini ID-kartaga almashtirdi. Endi qanday qilib uning nomiga elektron ishonchnoma yozib berish mumkin? Tez orada unda yangi elektron raqamli imzo olish zarurati tugʻiladi, e-imzo.uz shakli esa pasport ma’lumotlari va pasporti bilan suratni talab qiladi. Buxgalter.uz iltimosiga binoan vaziyatni DSQ soliq toʻlovchilarni roʻyxatdan oʻtkazish va hisobga olish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Komil SAYIDOV tushuntirdi:


- ”ID-kartalar ichki foydalanish uchun biometrik pasportlar oʻrniga joriy etilmoqda. ID-kartalarda biometrik pasportdagi kabi, seriya va raqam mavjud. 

Interaktiv xizmatlar olish va elektron hujjatlarni rasmiylashtirishda pasport oʻrniga ID-karta ma’lumotlaridan foydalanish zarur.

ID-karta rekvizitlari tegishli ustunlarni toʻldirish uchun talablarga toʻliq javob beradi va axborot tizimlari tomonidan toʻgʻri oʻqiladi.

ID-kartaga ega fuqarolarning soni ortishi bilan axborot tizimlari maydonlari nomida va ularga yoʻriqnomalarda “pasport” soʻzi “ID-karta”ga almashtiriladi, ba’zi hollarda esa bunday ustun butunlay chiqarib tashlanadi”.

Eslatib oʻtamiz, ilgari DSQ xabar berganidek, 2021 yil 1 iyuldan boshlab  soliq toʻlovchilar-jismoniy shaxslarni soliq organlarida hisobga olish jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR)dan foydalanilgan holda amalga oshiriladi.

 

 Oleg GAYeVOY tayyorladi

Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text170421_hodimda_pasport_emas_balki_id-karta_bulsa_nima_qilish_kerak