Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
Xoʻjalik hisobidagi tashkilotda bosh buxgalter boʻlib ishlayman. Xodimlarning ish haqidan 1% ushlab qolamiz va Kasaba uyushmalari Federatsiya Kengashiga oʻtkazamiz. Bu - majburiy ushlab qolishmi yoki ixtiyoriy? Ushlab qolish miqdorini xodim bilan kelishish zarurmi?
Savolga “Norma” eksperti Tatyana LIMAREVA javob berdi:
- Kasaba uyushmalari faoliyatini umuman Mehnat kodeksi va “Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida”gi Qonun tartibga soladi. Aniq kasaba uyushmasiga a’zo boʻlish va a’zolikdan chiqish tartibi va shartlari tegishli kasaba uyushmasining ustavi bilan tartibga solinadi.
Xodimning kasaba uyushmasi tashkilotida ishtiroki va korxonaning kasaba uyushmasi tashkilotining kasaba uyushmalari Federatsiyasiga kirishi - ixtiyoriy ish. Toʻsqinlik qilish yoki kasaba uyushmasiga a’zo boʻlishga yoki a’zolikdan chiqishga majburlash taqiqlanadi
.
Mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolar va oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida ta’lim olayotgan, 15 yoshga toʻlgan shaxslar oʻz tanloviga koʻra va oldindan ruxsat olmay turib, ixtiyoriy ravishda kasaba uyushmalarini tuzish huquqiga, shuningdek mavjud tashkilotlarga a’zo boʻlish huquqiga egadir
. Buning uchun kasaba uyushmasi rahbari nomiga ariza berish zarur. Shuningdek, fuqarolar oʻz tanloviga koʻra istalgan vaqtda - ariza asosida kasaba uyushmasi a’zoligidan chiqish huquqiga egalar. Yoki unga umuman kirmaslikka. Bu holda ariza yozish shart emas.
Agar xodim kasaba uyushmasi a’zosi boʻlsa (tegishli arizani yozgan boʻlsa), demak, u dastlabki holatda uning ish haqidan tasdiqlangan a’zolik badali ushlab qolinishiga rozidir. Va oʻz navbatida, agar korxonaning kasaba uyushmasi tashkiloti - kasaba uyushmalari Federatsiyasining a’zosi boʻlsa, u badallarning tasdiqlangan foizini (1%, 0,5% yoki boshqa) Federatsiya Kengashining hisob raqamiga oʻtkazishi shart.
Xodimlarning vakillik organini (kasaba uyushmasi yoki mehnat jamoasi kengashi) qanday tashkil etish toʻgʻrisida tavsiyani bu yerda oʻqing.
![]()