Xizmat safari kunlarida ovqatlanish uchun kompensatsiya

preview

“Korxona har oyda xodimlariga ovqatlanish uchun BHMda haq toʻlaydi. Xizmat safarida oʻtkazilgan kunlarda  ovqatlanish uchun toʻlov hisoblash zarurmi”?

Savolga “Norma” eksperti Tatyana LIMAREVA javob berdi:


- Xizmat safari davrida ovqatlanish uchun toʻlov hisoblash ushbu toʻlov tartibi jamoa shartnomasi yoki korxonaning boshqa ichki hujjatida belgilanganligiga bogʻliq.

Mehnat kodeksi ish beruvchining xodimlarning ovqatlanishi uchun haq toʻlash majburiyatini nazarda tutmaydi. Bunda MKning 37-moddasiga asosan jamoa shartnomasida korxonaning iqtisodiy imkoniyatlarini hisobga olgan holda qonunlar bilan belgilanganiga qaraganda imtiyozliroq mehnat shartlari va ijtimoiy-iqtisodiy shartlar nazarda tutilishi mumkin. Shu jumladan - xodimlarni ishlab chiqarishda hamda ularning bolalarini maktabda va maktabgacha tarbiya muassasalarida tekin yoki qisman haq toʻlanadigan tarzda ovqatlantirish.

Albatta, bu yerda gap normativ hujjatlar bilan belgilangan zararli ishlab chiqarishlarda ovqatlanishni tashkil etish xususida bormayapti  .

Xizmat safari - bu ishchini tashkilot rahbarining farmoyishi boʻyicha, oʻzining doimiy ish joyidan tashqarida xizmat topshirigʻini bajarish uchun boshqa joyga, ma’lum bir muddatga yuborilishi (borib kelish). Xizmat safarlarida xodimga mehnatga haq toʻlash (xizmat safari kunlari ish kunlari hisoblanadi) saqlanadi. Shuningdek, unga yashashi uchun haq va sutkaliklar toʻlanadi, bular qatorida, ovqatlanish ehtiyojini qanoatlantirish uchun ham haq toʻlash koʻzda tutilgan  .


Soliq solish

Ovqatlanish uchun haq toʻlash - bu kompensatsiya toʻlovlari  Kompensatsiya toʻlovlari, oʻz navbatida, mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlarga kiradi  va JShDS va ijtimoiy soliq solindi

 

 

 

Xodimlar bilan hisoblashish Xodimlar bilan hisoblashish Xodimlar bilan hisoblashish /oz/publish/doc/text170708_hizmat_safari_kunlarida_ovqatlanish_uchun_kompensaciya