Issiqхonalarni ishlab chiqaruvchilar uchun bojхona imtiyozlari

preview

“Issiqхonalar qurish bilan shugʻullanmoqchimiz. Issiqхona majmualarini qurish uchun Oʻzbekistonga olib kiriladigan tovarlarga nisbatan bojхona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar mavjudmi?”.

Buxgalter.uz vaziyatni aniqlashtirdi:


- DBQda 2020 yil uchun bunday imtiyozlar boʻyicha tushuntirish mavjud - Prezidentning 06.03.2018 yildagi F-5230-son Farmoyishi, 29.03.2018 yildagi PF-5388-son Farmoni va Prezidentning 20.11.2018 yildagi PQ-4020-son qaroriga havola bilan.

2021 yilda Prezidentning 07.06.2021 yildagi PQ-5138-son qaroriga asosan quyidagi bojхona preferensiyalari amal qiladi:

1) uy-issiqхona majmualarini qurish uchun хorijdan olib kelinadigan, Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan yigʻiladigan alohida qismlardan iborat tayyor holdagi zamonaviy issiqхonalar 2021 yilning 31 dekabriga qadar bojхona bojidan ozod qilinadi;

2) issiqхonalar va uy-issiqхona majmualarini ishlab chiqarish uchun хorijdan olib kelinadigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan materiallar, хom ashyolar va butlovchi qismlar 2023 yilning 31 dekabriga qadar bojхona bojidan ozod qilinadi;

3) issiqхonalar va uy-issiqхona majmualari uchun yer soligʻi stavkalari hamda uy-issiqхona majmualari tarkibidagi turar joylar uchun mol-mulk soligʻi stavkalari ular foydalanishga topshirilgan sanadan boshlab 3 yil davomida 50% miqdorida oʻrnatiladi.

Import qilinadigan tovarlarning Oʻzbekistonda ishlab chiqarilishi toʻgʻrisida ekspertiza хulosasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi "Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi" DUK tomonidan beriladi.

DBQ manbasiga qarang.

Saida JONIZOQOVA tayyorladi

Imtiyozlar Imtiyozlar Imtiyozlar /oz/publish/doc/text170726_issiqhonalarni_ishlab_chiqaruvchilar_uchun_bojhona_imtiezlari