9 oyni xatolarsiz yopamiz:
1 iyuldan boshlab 2021 yil 23 martdagi PF-6191 ga muvofiq STIR berish toʻxtatildi, bundan buyon soliq organlari jimoniy shaxslarni JShShIR boʻyicha tanib oladilar. Biroq, DSQ axborot tizimlarida JShShIRga sozlash hali tugatilmadi. Bunday sharoitda qanday ishlash kerak? Bu haqida buxgalter.uz iltimosiga koʻra soliq mahkamasida izoh berildi:
– Jismoniy shaxslarga STIR berish toʻxtatildi, lekin STIRni avval olganlar undan foydalanishni davom ettirishlari mumkin.
Hozirgi paytda DSQ axborot tizimlarida JShShIR boʻyicha shaxslarni identifikatsiya qilish tizimini sozlash davom ettirilmoqda. Tez orada tizimlar jismoniy shaxslarni ham STIR, ham JShShIR boʻyicha indentifikatsiya qila boshlaydi. Demak, jismoniy shaxs ushbu identifikatorlardan birini kiritsa, kifoya qiladi.
1-vaziyat: tadbirkor onlayn-NKMni roʻyxatdan oʻtkazishi kerak
Deylik, fuqaro 1 iyuldan keyin tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishga patent olgan. Uning patentida STIR toʻgʻrisida endi ma’lumot yoʻq, faqat JShShIR bor. U onlayn-NKMni roʻyxatdan oʻtkazish uchun TXKMga murojaat qildi. Biroq, roʻyxatga olingan onlayn NKM va virtual kassalar hisobi yuritiladigan maxsus axborot tizimida hozircha JShShIR uchun satr yoʻq.
Yechim: TXKM xodimi onlayn-NKMni yakka tartibdagi tadbirkor nomiga avval olingan STIR boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazishi mumkin. Bunda shuni nazarda tutish kerakki, onlayn-NKMni jismoniy shaxs nomiga roʻyxatdan oʻtkazish DSQ axborot tizimiga Davlat xizmatlari markazidan jismoniy shaxsning yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtganligi haqida axborot kelgandan keyingina mumkin boʻladi. Odatda bunga bir necha kun kerak boʻladi. Davlat xizmatlari markazlari (Yagona darcha) yangilangan ma’lumotlarni DSQga 24 soatda yuborishlari kerak. Yakka tartibdagi tadbirkorlarga oid ma’lumotlar ham shular jumlasidan.
Agar jismoniy shaxs avval hech qachon STIR olmagan boʻlsa, JShShIR boʻyicha indentifikatsiyalash tizimini sozlash yakunlanishini kutishiga toʻgʻri keladi.
2-vaziyat: jismoniy shaxs ERI olishi kerak
Biroq, e-imzo.uz saytida roʻyxatdan oʻtish STIR kiritishdan boshlanadi.
Bu holatda ham yechim oʻxshash. Siz yoki STIRdan foydalanib bugunning oʻzida ERI olasiz, yoki ERIni JShShIR asosida roʻyxatdan oʻtkazish imkoni paydo boʻlishini kutasiz.
Davlat soliq qoʻmitasi vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr soʻraydi.
Oleg GAYeVOY tayyorladi