Didox kartalar va terminallar monitoringi imkoniyatini kengaytiradi

preview

Didox foydalanuvchilari endi bevosita Didox sayti yoki oʻzining 1S dasturida terminallar va korporativ bank kartalari monitoringini amalga oshirishlari mumkin.

Agar korxonada “Uzcard” korporativ bank kartalari mavjud boʻlsa, ulardan foydalangandan keyin buxgalterlar olingan cheklar va kvitansiyalarni saqlab qoʻyishlari shart. Amaliyotning koʻrsatishicha, koʻpincha ushbu hujjatlar yoki buxgalteriyaga oʻz vaqtida yetib kelmaydi yoxud yomon sifatda yetib keladi. Bu buxgalteriyaga noqulayliklar keltiradi, sababi boshlangʻich hujjatlarni saqlash boʻyicha qonun hujjatlari talablari buziladi va soliq bazasini notoʻgʻri aniqlash xavfi paydo boʻladi.

Agar korxonada terminal mavjud boʻlsa, ushbu terminal boʻyicha tushumni buxgalteriyada aks ettirish - bu ham buxgalter uchun mushkul ish.

Buxgalterlar uchun ushbu vazifalarni soddalashtirish uchun Didox Universal Platforms bilan birgalikda “Monitoring” servisini yaratishdi. U bitta tugmaga bosish bilan  KPK va terminallar boʻyicha barcha operatsiyalar roʻyxatini Didox.uz dagi oʻz kabineti yoki 1S: Buxgalteriyada olish, shuningdek korporativ kartadan toʻlovlarni qabul qilishda EHFni shakllantirish imkonini beradi.

Shuningdek yangi funksiya:

  • Didox foydalanuvchisi tomonidan ochilgan barcha korporativ kartalar roʻyxatini olish;
  • yangi KPKlarni avtomatik tarzda qoʻshish;
  • korporativ kartani muayyan xodimga bogʻlash;
  • korporativ karta yordamida toʻlov amalga oshirilgan sotuvchining nomi va rekvizitlarini, shuningdek - uning STIRini koʻrish imkonini beradi.

Yoʻriqnomadan servis ishi haqida batafsil bilish mumkin. Dastlabki 30 kun foydalanuvchilar ushbu servisdan bepul foydalanishlari mumkin.

Reklama huquqi asosida

Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text171030_didox_kartalar_va_terminallar_monitoringi_imkoniyatini_kengaytiradi