Oʻzbekistonliklar 2021 yil iyulda qancha dam olishlari mumkin

preview

Kelasi haftada oʻzbekistonliklar 3 kun dam olishlari mumkin - bu haqda Prezidentning “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi "2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida"gi PF-6122-son Farmoniga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-6222-son Farmonida aytiladi. Buxgalter.uz tushuntiradi:

Ishlaymiz: 17, 23 va 24 iyul.
19 iyul - qisqa ish kuni.
Dam olamiz: 18, 20, 21 va 22 iyul.


Tafsilotlar:

  • 20 iyul - Qurbon hayiti bayrami;
  • 21 iyul - 17 iyul shanbadan koʻchirilgan dam olish kuni;
  • 22 iyul - 24 iyul shanbadan koʻchirilgan dam olish kuni.

Chorshanba 21 iyul va payshanba 22 iyul - ish haftasi turidan qat’i nazar barcha хodimlar uchun ishlanmaydigan kunlar .

Umumiy ishlanmaydigan kunlar - 21 va 22 iyul - ta’til kunlari hisob-kitobiga kiritilgan boʻlishi kerak .

5-kunlik ish haftasi uchun iyul uchun ish vaqti me’yori oʻzgarmaydi, faqat ish va dam olish kunlari joyi bilan oʻzgaradi.

6-kunlik ish haftasi uchun ish vaqti me’yori 2 kunga qisqaradi va 40-soatlik ish haftasida: 24 ish kuni va 157 soatni tashkil etadi.

E’tibor bering!
2021 yilda ta’tillar taqdim etish va ishlanmaydigan kunlar hisob-kitobi haqida bu yerda batafsil oʻqing.

Viktoriya BEZGINA 

Arхiv Arхiv Arхiv /oz/publish/doc/text171087_uzbekistonliklar_2021_yil_iyulda_qanda_dam_olishlari_mumkin