MHXS boʻyicha oʻqitish va imtihon xarajatlari qanday qoplab beriladi

preview

Moliya vazirligi Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari boʻyicha oʻqitish va buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga muvofiq MHXS boʻyicha imtihon topshirish xarajatlarini qoplab beradi.

Siz Moliya vazirligining info@mf.uz elektron pochta manziliga ariza bilan murojaat etib, qoplash olishingiz mumkin.

Oʻquv markazlari va talabgorlarga 167 187 166 soʻm toʻlandi. Bundan oʻqitish uchun - 138 180 000  soʻmlik xarajatlar,  “MHXS boʻyicha moliyaviy hisobot”, “Xalqaro moliyaviy hisobot boʻyicha diplom (DipIFR ACCA)” kurslari boʻyicha dastlabki roʻyxatdan oʻtish hamda imtihon topshirish xarajatlari - 29 007 166 soʻm qoplab berildi.

E’tibor bering!

MHXS boʻyicha malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida Moliya vazirligi tomonidan “Norma” PRM bilan birgalikda tashkil etilgan ifrs.academy onlayn-platformasida quyidagi bepul oʻquv kurslari faoliyat koʻrsatmoqda:

  • “MHXS asoslari (Rec)” - barcha xohlovchilar uchun boshlangʻich daraja (IFRS.Cert va IPFM diplomini olish uchun imtihonga tayyorlash);
  • “MHXS boʻyicha moliyaviy hisobot (Live) - “MHXS asoslari” kursidan oʻtgan yoki auditor (ichki auditor, soliq maslahatchisi, xalqaro professional tashkilot) sertifikatiga yoki “IFRS Fundamentals” (IPFM) diplomiga ega shaxslar uchun bazaviy daraja. Ushbu kurs sizga quyidagilarni olish uchun imtihonlarga tayyorlanishga yordam beradi:
  1. “Moliya va biznesni boshqarish” ASSA diplomi “Moliyaviy hisobot (FR) sertifikatini.
  2. Britaniya moliyaviy menejerlar institutining  “MHXS boʻyicha moliyaviy hisobot” diplomini (IPFM);
  3. Moliya vazirligi va IFRS.Academy dasturi boʻyicha IFRS.Cert Advanced sertifikatini.

 

Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text171182_mhhs_buyicha_uqitish_va_imtihon_harajatlari_qanday_qoplab_beriladi