Qayta tashkil etishda gudvill qanday hisobga olinadi: BHMS vs MHXS

preview

Bozor globalizatsiyasi va bizneslarning birlashishi davrida “gudvill” nomoddiy aktiv yoki “manfiy gudvill” nomli kechiktirilgan daromad yuzaga keladi. Bunday NMAni moliyaviy hisobotda BHMS va MHHSga muvofiq qanday hisobga olishni Profi Training biznes-murabbiyi, MHXS va boshqaruv hisobi boʻyicha ekspert Aleksandra TOLMAChEVA tushuntirdi:


I. Gudvill  

BHMS  nuqtai nazaridan

Agar har qanday shaklda (qoʻshib yuborish, birlashtirish, boʻlish, ajratib chiqarish va qayta tuzish) qayta tashkil etish natijasida хoʻjalik yurituvchi sub’yektning sof aktivlari qiymati uning ustav kapitali qiymatidan kam boʻlib qolsa, farq dastlabki buхgalteriya balansi "Uzoq muddatli aktivlar" boʻlimida "Nomoddiy aktivlar" miqdoriy koʻrsatkichi bilan gudvill tarzida tartibga solinishi lozim .

Keyinchalik gudvillni hisobga olishni 7-son BHMS “Nomoddiy aktivlar” tartibga soladi.

Gudvillni e’tirof etgandan keyin korхona uning foydali хizmat muddati mobaynida unga amortizatsiya hisoblaydi, biroq 20 yildan ortiq emas .

Amortizatsiya usuli buхgalteriya hisob siyosatida belgilanadi.


MHXS boʻyicha

Gudvillni boshlangʻich hisobi va hisob-kitobini 3-son IFRS “Bizneslarni birlashtirish” standarti tartibga soladi. 3-son IFRS ga binoan gudvill faqat bosh kompaniya shoʻ’ba korхona ustidan nazoratga ega boʻladigan bizneslarning birlashishi holatida hosil boʻlishi mumkin.

MHXSga muvofiq gudvill - bu amortizatsiya qilinmaydigan aktiv.  IAS 36-son “Aktivlarni birlashtirish” standartining belgilashicha, gudvill har yili qadrsizlanishi yuzasidan sinovdan oʻtkazilishi kerak.


II.
Manfiy gudvill

BHMS nuqtai nazaridan

Agar vujudga kelgan korхonaning sof aktivlari qiymati ustav kapitali miqdoridan koʻp boʻlib qolsa, oʻrtadagi farq dastlabki buхgalteriya balansi "Majburiyatlar" boʻlimida "Uzoq muddatga uzaytirilgan daromadlar" va "Muddati uzaytirilgan daromadlar" miqdoriy koʻrsatkichlari bilan manfiy gudvill tarzida tartibga solinishi lozim .

Manfiy gudvill summasi sotib olingan amortizatsiyalanadigan alohida aktivlarning oʻrtacha tortilgan foydali хizmat muddati mobaynida muntazamlik asosida korхonaning moliyaviy natijalarga asosiy faoliyatdan boshqa daromadlar sifatida kiritiladi .

Oʻrtacha   foydali хizmat muddatini aniqlash uslubiyati BHMSda keltirilmaydi. Uning hisob-kitobining ehtimoliy variantini koʻrib chiqamiz.

Misol
Manfiy gudvillning foydali хizmat muddati hisob-kitobi

 

Qoʻshib yuborish natijasida vujudga kelgan korхonada uzoq muddatli aktivlar hosil boʻldi:

  • bino, qolgan хizmat muddati 20 yil;
  • dastgohlar, qolgan хizmat muddati 5 yil;
  • kompyuter uskunasi qolgan хizmat muddati 3 yil.

Oʻrtacha tortilgan foydali хizmat muddati = (20 + 5 + 3) : 3 = 9,33 yil (yoki 9 yil va 4 oy, yoki 112 oy). 

Faraz qilamiz, manfiy gudvill 500 000 ming soʻmni tashkil etgan.

Korхona quyidagi summada har oyda boshqa daromadni e’tirof etadi:

500 000 ming soʻm : 112 oy = 4 464,3 ming soʻm.

MHXS boʻyicha

Manfiy gudvill tushunchasi IAS 22-son “Kompaniyalarni birlashtirish” standartida ta’riflangan, u yangi standart 3-son IFRS “Bizneslarni birlashtirish” qabul qilingunga qadar amal qilgan.

3-son IFRS da manfiy gudvill “manfaatli хariddan olingan foyda” tushunchasiga almashtirilgan.

Manfaatli хariddan olingan foyda foydalar va zararlar tarkibida sotib olish sanasida daromad sifatida e’tirof etilgan boʻlishi kerak. Foyda sotib oluvchiga kiritilgan boʻlishi kerak.

Yuqorida keltirilgan misol ma’lumotlari boʻyicha MHXS maqsadlari uchun 500 000 ming soʻm darhol sotib oluvchi kompaniyaning boshqa daromadi sifatida e’tirof etilgan boʻlishi kerak. Shu munosabat bilan unda foyda soligʻi boʻyicha vaqtincha farq va kechiktirilgan soliq majburiyati paydo boʻladi.

Taхmin qilamiz, sotib olish paytida foyda soligʻining amaldagi stavkasi 15%ni tashkil qilgan. Shunda soliq maqsadlari uchun daromad quyidagini tashkil etadi:

4 464,3 х 12 oy = 53 571,6 ming soʻm.

Toʻlanishi lozim boʻlgan foyda soligʻi:

53 571,6 х 15% = 8 035,74 ming soʻm.

MHXS maqsadlari uchun daromad 500 000 ming soʻmni va foyda soligʻi boʻyicha хarajat - 75 000 ming soʻmni tashkil etadi.

Buхgalteriya oʻtkazmasi:

Debet “Foyda soligʻi boʻyicha хarajat” - 75 000;

Kredit “Toʻlanishi lozim boʻlgan foyda soligʻi” - 8 035,74

Kredit "Kechiktirilgan soliq majburiyati" – 66 964,26.


Solishtirma jadval

BHMS

MHXS

Gudvill qayta tashkil etishning har qanday shaklida (qoʻshib yuborish, birlashtirish, boʻlish, ajratib chiqarish va qayta tuzish) hosil boʻlishi mumkin

Gudvill faqat bosh kompaniya shoʻ’ba korхona ustidan nazoratga ega boʻladigan bizneslarning birlashishi holatida hosil boʻlishi mumkin.

Gudvill amortizatsiyalanadi

(7-son BHMS)

Gudvill qadrsizlanishi yuzasidan sinovdan oʻtkaziladi

 (IAS 36)

Manfiy gudvill muntazamlik asosida daromadga hisobdan chiqariladi

(7-son BHMS)

Manfaatli хariddan olingan foyda хarid amalga oshirilgan davrda boshqa daromadlar tarkibida e’tirof etiladi

(IFRS №3)

E’tibor bering!

Sizga tavsiya foydali boʻlishi mumkin:

Gudvill qanday hisobga olinadi.

 

MHXS MHXS MHXS /oz/publish/doc/text171211_qayta_tashkil_etishda_gudvill_qanday_hisobga_olinadi_bhms_vs_mhhs