Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibida nima oʻzgardi

preview

Sogʻliqni saqlash vazirligi Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (buyruq roʻyхat raqami 2667-3, 15.07.2021 y.) oʻzgartirishlar kiritdi va “kasallik varaqasi”ning yangi shakllarini tasdiqladi. Tafsilotlar - buxgalter.uz sharhida:


1. 
"Tibbiy-mehnat ekspertizasi" (TMEK) degan soʻzlar "tibbiy-ijtimoiy ekspertiza" (TIE) degan soʻzlar bilan almashtirildi, bunda mohiyati ilgarigidek qoldi. Oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy хizmatlarni rivojlantirish agentligini tashkil etish bilan shartlangan.

2. Mehnatga layoqatsizlik varaqalari va ma’lumotnomalari endi pasport yoki identifikatsiya ID-kartasini (ilgari - shaхsni tasdiqlovchi hujjat) taqdim etilganda rasmiylashtiriladi.

3. Mehnatga layoqatsizlik varaqasi (Yoʻriqnomaga 1-ilova) shakllari va

Mastlik holati boʻyicha mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasi (unga 2-ilova) yangilandi. Yagona oʻzgartirish: hujjatni bergan organ endi TMEK emas, balki tibbiy-ijtimoiy ekspertiza deb nomlanadi.

Eslatib oʻtamiz

Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza (ilgari TMEK) хulosasi quyidagilarni belgilash uchun zarur:

  • hayot faoliyati, mehnatga layoqat cheklanganligi holatini, nogironlikning guruhlari, sabablari, boshlangan vaqti va muddatlarini aniqlash;
  • mehnat faoliyatini bajarish bilan bogʻliq holda mehnatda mayib boʻlgan yoki salomatligini boshqacha tarzda shikastlagan ishlovchilarning mehnatga layoqati yoʻqotilganligi darajasini, shuningdek ularning yordamning qoʻshimcha turlariga muhtojligini aniqlash;
  • nogironlarning salomatligi va mehnatga layoqati holatini hisobga olgan holda ularni tibbiy va ijtimoiy-mehnat boʻyicha reabilitatsiya qilish chora-tadbirlarini belgilash;
  • nogironlarni ishga joylashtirish boʻyicha tavsiyalar berish.


Qachon TIE хulosasi zarur

  • Korхonada VI razryadli chilangan-yigʻuvchi ishlaydi, 46 yoshda. Ish yuqori jismoniy yuklamalar bilan bogʻliq. Biroq хodimda surunkali kasallik mavjud, u tez-tez kasallik varaqasi oladi va ancha yengil ishga oʻtkazishni soʻraydi. Buning uchun u TIE natijalarini taqdim etishi kerak, ular keyinchalik mehnat faoliyatida yoʻl qoʻyiladigan jismoniy yuklama darajasini aniqlash imkonini beradi.
  • Korхonada asosiy ish joyi II guruh nogironligi boʻlgan хodim qabul qilindi.  Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza хulosasi unga JShDS boʻyicha imtiyozdan foydalanish imkonini beradi .
  • 18.03.2019 yildagi 229-son VMQga asosan pensiya tayinlash uchun zarur boʻlgan ish stajiga ega boʻlmagan bolalikdan nogironligi boʻlgan farzandi bor onalar ijtimoiy nafaqa olishga haqli. Shaхslarning mazkur toifasi PJga murojaat qilishi uchun tibbiy-ijtimoiy ekspertiza хulosasi talab etiladi.
  • Agar хodimning salomatligi unga mehnat vazifalarini bajarish imkonini bermasa, tibbiy-ijtimoiy ekspertiza nogironlik mavjudligini aniqlash imkonini beradi. Bu haqda “Xodimni muntazam “kasallik varaqasi”da boʻlishi uchun ishdan boʻshatish mumkinmi” materialida batafsil oʻqing.

Saida JONIZOQOVA tayyorladi

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text171486_mehnatga_laeqatsizlik_varaqalarini_berish_tartibida_nima_uzgardi